Xamr ichib qo‘ygan saxoba haqida

Assalomu alaykum! Maruzalarning birida bir sahobiy xamr ichib qo‘yib payg‘ambarimizga sovg‘a ko‘tarib borgan ekan. Shu haqida malumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqiqatda o‘shanday sahoba bo‘lgan. Alloh taolo qiyomatgacha bo‘ladigan hukmlarni amalini sahobalardan sodir qildirgan. Bu bilan kelgusida kimdir o‘sha holatga tushsa hukmi nima bo‘ladi shuni bildirib qo‘yish uchun. Ya’ni dindan chiqadimi yoki o‘ta og‘ir gunoh bo‘lsa ham dindan chiqmaydimi. Keyinchalik tavba qilganlari va u ishni qayta qilmaganlari aniq. O‘sha sahobaning ismi Abdulloh bo‘lib, Himor deb laqablanganlar. Bu bilan u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni kuldirmoqchi bo‘lganlar. Odatda u kishi nasiyaga sotib olar, haqqini so‘rab kelganida esa pulini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga havola qilib qo‘yar edilar. U sahoba Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni juda yaxshi ko‘rishini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilar edilar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:21 | Savol-javoblar | 135 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar