Qarz oldi berdisi haqida

Assalomu alaykum! Alloh taolo Qur’oni Karimda “Baqara” surasi 282-oyatida marhamat qilib, qarz oldi berdisiga taaluqli ko‘rsatmalarni (qarz berayotganda guvohlarni hozir qilib, kotibga yozdirishlik ma’nosidagi) bergan. Aytingchi, biz bandalar uchun bu aytilgan amallarni bajarmoqlik farzmi, vojibmi, sunnatmi? Agar kichik qarzlarni o‘zaro kelishgan holda, og‘zaki shartnomaga ko‘ra qilsak, bizga bundan gunoh bormi yoki yo‘qmi? Yana bir holat: har zamonda tanishlarim qo‘ng‘iroq qilib, «mening raqamimga falon pulni tashlab yubor, men senga keyin qaytaraman» deyishadi. Bunday holatda qanday yo‘l tutgan ma’qul? Og‘zaki shartnoma bilan cheklansa ham bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Fuqaholar “U oyatdagi buyruqdan mustahab tushuniladi” deganlar. Alloh taoloning har bir amrlarining ostida ulkan hikmatlar yotadi. Ularga amal qilinmasa o‘sha hikmatlardan mahrum bo‘linadi. 2). Bo‘ladi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 13:35 | Savol-javoblar | 162 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar