Juma namozi o‘qish sharoitlari

Assalomu alaykum! Men 5 vaqt namozni to‘liq o‘qisam ham afsuslar bo‘lsinkim, bizning tumanimizda biz kabi yoshlarning masjidlarga borib na juma bo‘lsin na boshqa namoz, o‘qish ko‘pincha hollarda o‘zimizga zarar etkazadi. Buni ichki ishlar tekshirishi, o‘quv maskanimizga, kollejga xabar berishi va «ro‘yihat»ga kirgazishi ehtimollari ham borligi sabab. Men va do‘stlarimiz uyda 5 vaqt o‘qish bilan kifoyalanyapmiz. Uyda juma namozi o‘qisa ham bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uyda juma namozi o‘qilmaydi. Musulmon kishi dinini har qanday holatda ham mahkam tutishga harakat qilish kerak. Nima bo‘lganda ham biron yo‘lini qilib boring. Hamma sabablarni qilganingizda ham sizni kiritishmasa, unda gunoh ularga bo‘ladi va siz peshinni o‘qib olasiz. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 20:29 | Savol-javoblar | 188 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar