BOShKA ISLOM ULAMOLARINING FATVOLARI YuZASIDAN
Assalomu alaykum va raxmatulloxi va barokatuxu!Muxtaram Shayx xazratlari! Sizga muxim savollarimni xavola etishga izn bergaysiz. Savollarim asosan Suriyalik olimlarning fatvolariga tegishli. Xozirda internet tarmogi rivojlanib, ma’lumot izlash oson bulib koldi. Oddiy misol, biror shar’iy xukmni internet tarmogidagi saytlarga «izlash»ga bersangiz xoxlagan tilda chikarib beradi. Beixtiyor yoki kizikib bulsa xam mavzuga daxldor bulsa ochib ukiladi. Bu fatvo va ma’lumotlarning kupi bizning mazxabimiz va ta’limotlarimizga mos bulsa, boshka ayrimlarini ukigan odamda ixtilofli savollar paydo kilishi turgan gap. Shu maksadda siz ustozdan mazkur masalalar xukmini surab turamiz? Bu fatvolarga shunchaki, tugridan-tugri amal kilib ketavermaslik kerak deb uylayman. Shuning uchun siz muxtaram ustozdan bu kabi savollarga javoblar surashimizdan maksadimiz xam ixtiloflarga barxam berish va dinimiz ta’limotlarini urganishdan iborat.Kuyida ayrim fatvolarni xukmingizga xavola kilaman: MANBA: www.hikmatnuri.’om VEB SAXIFASIBISMILLAXIR ROXMANIR ROXIYM! 1-SAVOL:Savol: Qiroatdan so‘ng «Sodaqollohul Aziym» deyishning hukmi nima? Ilmiy Tadqiqotlar va Fatvo Berish Doimiy Qo‘mitasi javob beradi (Fatvo # 3303):Qur’on tilovatidan so‘ngra «Sodaqollohul Aziym» (Buyuk Alloh rost aytdi!) deyish, bid’atdir. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, To‘g‘ri Yo‘ldagi xalifalar, boshqa sahobalar (raziyallohu anhum) va salaf imomlari (rahimahumulloh)lar Qur’onni ko‘p tilovat qilishlari, Unga katta e’tibor berganlari, Uning ulug‘ligini juda yaxshi bilishlariga qaramay, tilovat qilib bo‘lgach: «Sodaqollohul Aziym»– demaganlar. Shuning uchun ham tilovatdan keyin «Sodaqollohul Aziym» deyish va uni har qiroatdan keyin takrorlayverish, yangi paydo bo‘lgan bid’atdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam esa shunday deganlar:«Bizning bu ishimizda undan bo‘lmagan narsani paydo qilgan odamning bu ishi, (o‘ziga) qaytarilgandir» (Imom Buxoriy 2550; Imom Muslim 1718, Abu Dovud 4606; Ibn Moja 14; Imom Ahmad 6/270);«Bizning ishimiz bo‘lmagan ishni qilgan odamning bu ishi, (o‘ziga) qaytarilgandir» (Imom Buxoriy 2550; Imom Muslim 1718; Abu Dovud 4606; Ibn Moja 14; Imom Ahmad 6/256).Tavfiq Allohdandir. Alloh payg‘ambarimizga, Uning oilasi va sahobalariga salavotu salomlar yo‘llasin.Ilmiy Tadqiqotlar va Fatvo Berish Doimiy Qo‘mitasi:Rais: Abdulaziz ibn Abdulloh ibn BozRais noibi: Abdurrazzoq AfifiyA’zolar: Abdulloh ibn Qa’ud va Abdulloh ibn G‘udayyonQIZNI QANDAY KO‘RILADI?Tinglovchi juvon: Bizdagi odat bo‘yicha unashtirishdan ilgari yigit kelib, qizni ko‘radi va agar yoqsa qizning vasiylari bilan kelishadi. Yoqmasa, tashlab ketaveradi. Mening savolim shundan iborat: Aytingchi, yigit qizning qaerlarini ko‘rishi kerak? Yigit qizni nikoh o‘qitishdan ilgari bir necha marta ko‘rmoqchi bo‘lsa, bunga shariatning hukmi nima? Alloh ajru savoblar bersin, bizga tushuntirib bersangiz. Alloma Muhammad ibn Solih Usaymiyn javob beradi:Uylanmoqchi bo‘lgan yigitning unashtirilmoqchi bo‘lgan qizni ko‘rishi, sunnatdir. Chunki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunga buyurganlar. Bunday qilishning er va xotinning hayotlarida baxtiyor bo‘lishlariga katta ta’siri bor. Yigit qizning yuzi, boshi, ikki qo‘li, oyoqlari va bo‘ynini ko‘rishi mumkin. Chunki, bu uzvlar odatda sovchi qo‘yishga sabab bo‘lgan a’zolar hisoblanadi. Qizning ham, o‘rtada to‘siq bo‘lmasa, yigitning yuzi, boshi, qo‘llari, oyoqlari va bo‘ynini ko‘rishi mumkin. Chunki har ikki tomon ham bir-birini ko‘rishga muhtojdir. Biroq, buning bir sharti bor: uchrashuv ikkisi yolg‘iz qoladigan va shahvat bilan qaraladigan darajada bo‘lmasligi kerak. Ular (ta’bir joiz bo‘lsa) bir-birlariga xuddi do‘konga kirib gazmolga boqqandek oddiy boqishlari lozim. Agar birinchi martada yaxshi ko‘ra olmay qayta ko‘rmoqchi bo‘lsa, bunga ham ruxsat beriladi. Manba’: «Yo‘ldagi yog‘du» radio dasturi fatvolari. Mazkur ulamolar tomonidan berilgan fatvolar buyicha bizning xanafiy jumxur ulamolarining fatvolari kanday? 2-SAVOL: Yukorida nomi keltirilgan "Ilmiy Tadqiqotlar va Fatvo Berish Doimiy Qo‘mitasi" va bu kumita tomonidan chikariladigan fatvolar tugrisida batafsil ma’lumotlar berib utsangiz. Yurtimiz musulmonlari orasida mazkur kumita va nomlari zikr kilingan ulamolar tomonidan berilayotgan fatvo matnlarini ukish asnosida kupgina ixtiloflar kelib chikmokda. Bizlarga nima maslaxat berasiz. Mazkur veb saxifalardan va nomlari keltirilgan ulamolarning fatvolaridan umuman foydalanmaslik kerakmi yoki bulmasam bu fatvolarning biz amal kiladiganlari xam bormi? E’TIBOR VA JAVOBLARINGIZ UChUN TAShAKKUR!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bizda tarqalgan va amal qilinayotgan fiqhiy mazhab hanafiy mazhabi ekani e’tiboridan barchamiz ushbu mazhabni o‘rganganimiz va unga amal qilganimiz afzal va lozimdir. Boshqacha yo‘l tutish oqibatida ko‘rgan va ko‘rayotgan musiybatlarimiz hammamiz uchun o‘rnak bo‘lishi kerak.Ming afsuslar bo‘lsinkim, boshqa mazhab yoki bemazhablik ta’limini olgan bizning tilimizda gapirib yozadigan odamlar xalqimiz ichida noo‘rin ixtiloflar chiqarishni o‘zlariga kasb qilib olmoqdalar. Ular o‘z homiylari maslahati bilan turli vositalarni, jumladan internetni ishga solib, o‘zlari o‘qigan narsalarni o‘sha narsalardan bexabar kishilar orasida tarqatib turli noxushliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqdalar. Ularning ishini aksini qilish ham mumkin bo‘ladi. Ya’ni, hanafiy mazhabidagi kishilar o‘z mazhabi bo‘yicha oyat va hadislarni keltirib, sizlarniki noto‘g‘ri deyishlari mumkin. Lekin bundan kimga foydayu, kimga zarar. Avvalda Islom ummati to‘rt fiqhiy mazhabni barobar ko‘rishga ittifoqqa kelishgan. Endi esa, xuddi shu ittifoqlik yo‘lini ixtilof markaziga aylantirishga harakat qilishmoqda, o‘sha siz foydalangan saytdagilar va ularning hamfikrlari. Ular buning o‘rniga namoz o‘qimay yurganlarga namoz o‘rgatishsa, dindan bexabarlarga din haqida ma’lumot berishsa savob bo‘lardi. Ammo musulmon ichida ixtilof chiqarish gunohligini ham bilib qo‘yishlari lozim.Sizlardan qiladigan iltimosimiz, o‘shanga o‘xshash mo‘min – musulmonlar orasida ixtilof chiqaradigan manbalardan foydalanmanglar. Ulardan chetta bo‘linglar.
1 May 2022, 14:19 | Savol-javoblar | 149 | Boshqa ibodatlar