Gibridlashtirish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Ishlaringizga Alloh rivoj bersin. Biz bir masalada qiynalib turibmiz. Yordam bersangiz xursand bo‘lardik. Bizlarda hozirda uzum mahsulotini gibridlash odatga aylangan. Bunda uzum oldingidan 2-3 barobarga kattalashib ketadi. Bunda Allohni bergan ne’matiga noshukrlik bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida otni eshakka urchitish yoki aksini qilinar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunga ijozat berganlar. Siz aytgan narsada ham hech qanday ta’qiq yo‘q. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 14:30 | Savol-javoblar | 172 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar