Lak bo‘yog‘i etkazib berish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, dinimizda ayollarni tirnog‘iga lak bo‘yog‘i surish va sochini kimyoviy bo‘yoqlar bilan bo‘yash mumkin emas ekanligini bilaman. Men savdogarlani yuklarini etkazib beraman. Lak bilan soch bo‘yog‘ini etkazib bersam gunohkor bo‘lib qolmaymanmi? Javob uchun oldindan rahmat, Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Lak bo‘yog‘ini qo‘llagandan keyin tahorat va namozga monelik bo‘ladi. Shuning uchun etkazganingizga gunohkor bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 14:30 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar