Fudbolni deb namozdan qolish

Assalomu alaykum! Ustozlar, barchamizga ma’lumki, aksar namozxonlar fudbolni deb namozini qazo qilishadi. Yaqinda mening bir tanishim ham arenada fudbol o‘ynashga ketib, shom namozini qazo qildi. Men unga bu ishing yaxshi emas desam, u fudbol sog‘lik uchun yaxshi. Sport bilan shug‘ullanish sunnatdir dedi. Iltimos namozni qazo qilib fudbol o‘ynashning hukmi qanday ? Oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz ham “Namoz farz. Sunnatni deb farzni qoldirish joiz emas” deyishingiz kerak edi. Qolaversa namoz o‘qish bilan sunnat ham qolmas edi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 16:46 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar