Kreditni to‘lolmasdan vafot qilish
Assalomu alaykum! Onam bankdan kredit olgan edi qurilishni tugatish uchun, lekin uzishga ulgirmadi, vafot etdi. Kreditni biz to‘ladik. Bu foizlik bo‘lgani uchun onam gunoxkor bo‘lgan deb o‘ylayman. Namozlarimda duo qilib Allohdan kechirishini so‘rayman, nomidan sadaqa qilib turaman va masjidga qurilishiga deb qo‘limdan kelgancha pul ajratdim, imomga onamni nomlaridan deb. Yana nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Hozirgi kunda eng og‘ir va ko‘p uchraydigan xatolardan biri merosni taqsim qilmaslikdir. Merosxo‘rlardan kimning qo‘lida mayyitning qanaqa moli qolsa, merosxo‘r uning egasiga aylanib qolaveradi va turli narsalarni bahona qilib o‘zi uchun halollashga harakat qiladi. Ba’zida bu molni topishdp ko‘proq meni hissam bor desa, ba’zida qolganlar o‘ziga to‘q men esa muhtojman degan gaplarni aytadi. Boshqa merosxo‘rlar yosh bo‘lgan yoki aka, amaki kabi kishilarning qaramog‘ida bo‘lgani uchun merosni taqsimlash haqida gap ochishdan uyaladilar. Lekin dildan norozi bo‘ladilar. Shuning uchun ularning roziligisiz yoki majburlikdan rozi bo‘lishlari tufayli merosni taqsimni qilmay o‘zlashtirishlari nojoiz va umuman harom hisoblanadi. عَنْ حَنِيفَةَ الرَّقَاشِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا يَحِلُّ مَالُ امْرِئٍ مُسْلِمٍ إِلَّا بِطِيبِ نَفْسٍ مِنْهُ. رواه البيهقي Hanifada roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon kishining moli uning chin qalbidangina bo‘lmasa halol bo‘lmaydi”, dedilar”.
Bayhaqiy rivoyat qilgan.
Xususan merosxo‘rlar ichida balog‘atga etmagan, majnun yoki g‘oyib kishilar bo‘lsa, buning gunohi yanada og‘irroq bo‘ladi. Chunki ularning chin dildan qilgan roziliklarining ham shar’an e’tibori yo‘qdir. Bu ishlari bilan ular o‘zlari uchun qabr azobi va jahannam olovini sotib olyapganlarini o‘ylab qo‘ysinlar! عن أبي أمامة أن رسول الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قال من اقتطع حق امرئ مسلم بيمينه فقد أوجب الله له النار وحرم عليه الجنة فقال له رجل وإن كان شيئا يسيرا يا رسول الله قال وإن قضيبا من أراك Abu Umomadan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim qasam ichib musulmon kishining haqini o‘ziniki qilib olsa, batahqiq Alloh unga do‘zaxni vojib qilib, jannatni harom qiladi”, dedilar. Shunda bir kishi u zotga: “Agar ozgina narsa bo‘lsa ham-mi, ey Allohning Rasuli?!” dedi. “Agar arok(misvok olinadigan daraxt)ning novdasi bo‘lsa ham!” dedilar”.
Muslim rivoyat qilgan. TIJORATDAGI MEROSNI O‘ZINIKI QILIB OLISh Odatda ota biror tijoratni yurgizishda o‘g‘illardan birortasini o‘ziga ishchi qilib oladi. Boshqalari esa boshqa hunar va kasblar bilan mashg‘ul bo‘ladi. ota vafot etgach, yordamchi bo‘lgan o‘g‘il tijoratni davom ettiradi va barcha mulk o‘ziniki degan fikrda bo‘ladi. Aslida esa, mulk otaniki bo‘lib, o‘g‘il uning ishchisi hisoblanadi. Ota vafotidan keyin undan qolgan barcha mol-mulk ishchisi bo‘lgan o‘g‘liga taqsim qilinganidek boshqa o‘g‘il-qizlarga ham taqsim qilish kerak. Agar tijorat davom ettiriladigan bo‘lsa, o‘g‘il boshqa aka-uka, opa-singillarning hissalarini ajratib berishi yoki sotib olishi kerak yoki tijoratda ularni o‘ziga sherik qilib olishi kerak. Xususan balog‘atga etmagan merosxo‘rlar bo‘lsa, buning masalasi yana mushkulroq bo‘ladi. Agar taqsim qilinmasdan tijoratdan foyda ko‘rilsa, foydasini ham taqsim qilishga, mabodo ziyon ko‘rsa, merosxo‘rlarining haqlarini to‘lashiga to‘g‘ri keladi. QIZLARNI MEROSDAN MAHRUM QILISh Katta xatolardan yana biri qiz va singillarga merosdan bermaslikdir. To‘y qilinayotgan vaqtda ularga qilib berilgan sep-sidiriq hamda tuhfalarni otaning mulkidan ularga berilgan haqlari bo‘lib, merosdan ularga ulush yo‘q deb tushunadilar. Bu noto‘g‘ri tushunchadir. Shuning uchun ularni merosini ado qilish vojib, merosdan mahrum qilish harom va zulmdir. SINGILLARNING MEROSDAGI ULUShLARINI KEChIB YuBORIShLARI Ko‘pincha singillar otadan qolgan merosdagi ulushlarini talab qilishni or va uyat deb bilib, uni kechib yuboradilar. Bunga aka va kelinoyilarning ta’na va dashnomlari sabab bo‘ladi. Avvalo shuni yaxshi bilish kerak-ki, ko‘ngildan chiqmasdan til uchida ulushlaridan kechib yuborishlari shar’an e’tiborga olinmaydi. Chin dildan kechib yuborishining o‘zi ham shari’at qoidalariga ziddir. Chunki chin dildan kechib yuborgani hech kimga ma’lum bo‘lmaydi. Shuning uchun ularning ulushini aniqlab, qo‘liga topshirish kerak.BEVA QOLGAN AYoL BOShQA TURMUShGA ChIQQANLIGI UChUN MEROSDAN MARHUM BO‘LIShI Ko‘p holatlarda yosh turib eri vafot etgan ayollar boshqa turmush ko‘rsalar, eridan tegidigan merosdan mahrum bo‘ladilar. Bu ham shar’an zulm va harom hisoblanadi. Ayolning ikkinchi bor nikohlanishi birinchi eridan oladigan merosidan mahrum qilishga sabab bo‘la olmaydi. Shariat yuzasidan ayol ikkinchi bor nikohlanishi bilan oldingi erining merosidan ulushiga haqdor bo‘ladi. BEVA AYoLLARNING NOHAQ MEROSNING HAMMASIGA EGA BO‘LIShI Ba’zi ayollar erlari vafot etishi bilan qo‘llarida qolgan butun mol-mulkni o‘zlariniki bo‘ldi deb tushunadilar. Xususan bu holat alohida ajrab chiqqan oilalarda ko‘proq kuzatiladi. Albatta er o‘lim tushagidagi holatga tushishdan avval ayoliga hadya qilib qo‘liga topshirgan narsalari ayolniki bo‘ladi. Qolgan barcha narsa mushtarak mol bo‘lib, shar’iy qoidaga ko‘ra merosxo‘rlarga taqsim qilinishi vojibdir. Agar erning ota-onasi yoki boshqa ayolidan bo‘lgan farzandlari bo‘lsa, ularning ham merosda ulushlari bo‘ladi. MEROSNI ShAR’IY QOIDALAOGA MUVOFIQ BO‘LMAGAN HOLDA BO‘LIB OLISh YoKI O‘G‘IRLAB OLISh Odatda biror inson vafot etsa, uning yaqinlari meros taqsim qilinishidan oldin tabarruk deb, o‘zlari yoqtirgan narsalarni bo‘lishib oladilar yoki hech kimga bildirmay o‘g‘irlab ketadilar. Bu kabi ishlar marhumning kiyim-kechagi, istemo’mol qilgan anjomlarida uchraydi. Bu bilan bir necha merosxo‘rning haqini o‘g‘irlagan hisoblanadilar. Qiyomat kuni hamma narsalarini qaytarib berish kerak bo‘ladi. KELIN VAFOT ETSA UNGA TEGIShLI BARChA NARSALAR KIYoVNIKI BO‘LIB QOLAVERADI Xatolardan yana biri ayol kishi biror xonadonga kelin bo‘lib tushib vafot etsa, uning barcha mol-mulki kiyovning uyida qolib ketaveradi. Kelinning ota-onasi kabi merosxo‘rlarga uning merosidan hech narsa tegmaydi. Bu ham joiz bo‘lmaydi va oxiratda har bir kichik narsaning ham javobi beriladi.QARAMOG‘IGA OLGAN BO‘LIB, MOL-MULKKA EGA BO‘LISh Ba’zi holatlarda mayyitning aka-ukalari uka yoki akasi vafot etgan uning oilasini o‘zqaramog‘iga olib, uning molini o‘z tasarruflariga oladilar. Bunda etim bolalarning tasarruf qilish kerak bo‘ladi. Tushgan foydaning ma’lum qismini mol egalariga ajratib qolgan qismida xohlaganlaricha tasarruf qiladilar. Buning ham javobgarligi og‘ir. Alloh taolo “Niso” surasining 10-oyatida bu haqida shunday marhamat qiladi: “Albatta, etimlarning molini zulm ila eganlar qorinlarida olovni egan bo‘lurlar. Va, shubhasiz, do‘zaxga kirurlar”. Bu oyatning hukmiga doxil bo‘lib qolishdan ehtiyot bo‘lish darkor. HAR BIR INSON VAFOTIDAN OLDIN BANDALARNING HAQLARINI ADO QILIB QO‘YIShLARI ZARUR Bandalar haqlarining muomalasi juda ham mushkuldir. Haq egasi kechmaguncha kechirilmaydi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَنْ كَانَتْ لَهُ مَظْلَمَةٌ لِأَحَدٍ مِنْ عِرْضِهِ أَوْ شَيْءٍ فَلْيَتَحَلَّلْهُ مِنْهُ الْيَوْمَ قَبْلَ أَنْ لَا يَكُونَ دِينَارٌ وَلَا دِرْهَمٌ، إِنْ كَانَ لَهُ عَمَلٌ صَالِحٌ أُخِذَ مِنْهُ بِقَدْرِ مَظْلَمَتِهِ، وَإِنْ لَمْ تَكُنْ لَهُ حَسَنَاتٌ أُخِذَ مِنْ سَيِّئَاتِ صَاحِبِهِ فَحُمِلَ عَلَيْهِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kim birovning sha’niga yoki biror narsasiga zulm qilgan bo‘lsa, uni bugun – dinor ham, dirham ham bo‘lmay qolishidan oldin – rozi qilib olsin. Agar solih amali bo‘lsa, undan qilgan zulmi miqdorida olinadi; yaxshiliklari bo‘lmasa, haq egasining yomonliklaridan olinib, bunga yuklatiladi».
Boshqa bir rivoyatda hatto-ki urgan bir shapalog‘i uchun ham rozi qilib ko‘yishi kerakligi ta’kidlangan.
Bandalarning haqlari ikki qismga bo‘linadi: moliyaviy va moliyaviy bo‘lmagan huquqlar. Moliyaviy huquqlar borasida mayyitning qarzlarini to‘lash, vasiyatlarini ado qilish va merosni taqsim qilish haqidagi mavzularda to‘xtalib o‘tdik. BANDALARNING MOLYaVIY BO‘LMAGAN HAQLARI Kundalik hayotimizda qarindosh-urug‘, yoru do‘st, qo‘ni-qo‘shnilar bilan muomala qilish mobaynida ularning haqlarini ado qilishda kamchilikka yo‘l qo‘yiladi, til bilan ozor berib qo‘yiladi. Gohida noto‘g‘ri gumon qilinib, qarindoshchilikni uzib qo‘yiladi. Gohida noo‘rin g‘azablanib o‘zini tutolmay ikkinchi tarafning joni yoki obro‘siga zarar etkazib qo‘yadi. Gohida hasad va gina, g‘iybat va yolg‘on , firib qo‘l urib boshqa o‘zgalarning moli yoki obro‘siga tajovuz qilib qo‘yiladi. Shu kabi ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yib, ko‘pchilikni haqlarini poy-mol qilinadi. Bularning barchasi gunoh kabira bo‘lib, Qur’on va Sunnatdan ulardan qattiq qaytarilgan va oxiratda qattiq azobga duchor bo‘lishi aytilgan. Shuning uchun har bir inson har kuni o‘z hayotini sarhisob qilib vafotidan avval qilgan kamchiliklarini to‘g‘rilab olishi, haqlari poy-mol qilingan kishilarni roziligini olishi darkor. Alloh taolodan ham qilgan gunohlarini kechishini so‘rab, nadomat chekib tavba qilishi zarur. Biror sababdan haqdorlarning haqini halollashning imkoni bo‘lmasa, masalan vafot etib ketgan bo‘lsalar hamisha ularning haqiga mag‘firat so‘rab duo qilib, savobini etkazib turish lozimdir. Shoyad Alloh qiyomat kuni ularni rozi qildirsa. Buning aksi o‘laroq gohida boshqalar tarafidan o‘zimizga shu kabi muomalalar qilingan bo‘lsa, inosoniylik, aql va shariatni taqozosi ila ularni kechib yuborish kerak bo‘ladi. Shunday qilinsa, o‘zgalarning oxirat azobidan saqlab qolishga sabab bo‘ladi va Alloh huzuridagi eng mahbub amallardan biri qiligan bo‘ladi. عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللهِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: رَحِمَ اللهُ رَجُلًا سَمْحًا إِذَا بَاعَ، وَإِذَا اشْتَرَى، وَإِذَا اقْتَضَى Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh collallohy alayhi vasallam: «Sotganda ham, sotib olganda ham, haq talab qilganda ham bag‘rikeng bo‘lgan kishiga Alloh rahm qilsin!» dedilar». عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ أَنْظَرَ مُعْسِرًا أَوْ وَضَعَ لَهُ أَظَلَّهُ اللهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ تَحْتَ ظِلِّ عَرْشِهِ يَوْمَ لَا ظِلَّ إِلَّا ظِلُّهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَصَحَّحَهُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim kambag‘alga muhlat bersa yoki undan ba’zisini o‘tib yuborsa, uni Alloh qiyomat kunida, O‘zining soyasidan boshqa soya yo‘q kunda Arshining soyasiga oladi», dedilar». عن أبي قتادة رَضِي اللهُ عَنْهُ قال سمعت رَسُول اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يقول: من سره أن ينجيه اللَّه من كرب يوم القيامة فلينفس عن معسر أو يضع عنه. رَوَاهُ مُسلِمٌ Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh collallohy alayhi vasallamning: «Kim Alloh taolo uni qiyomat kuni mashaqqatlaridan najot berishi xursand qilsa, qiynalganga muhlat bersin yoki undan kechib yuborsin!» dedilar».
Muslim rivoyat qilgan.
Qur’oni karim va Sunnati Nabaviyada kishi musulmon birodarining uzirini qabul qilib, kechib yuborishi ulkan fazilat ekani ta’kidlangan. Alloh taolo hatto hasad qilgan ahli kitoblarni ham afv qilib kechirishga buyurgan: وَدَّ كَثِيرٌ مِّنْ أَهْلِ الْكِتَابِ لَوْ يَرُدُّونَكُم مِّن بَعْدِ إِيمَانِكُمْ كُفَّاراً حَسَدًا مِّنْ عِندِ أَنفُسِهِم مِّن بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمُ الْحَقُّ فَاعْفُواْ وَاصْفَحُواْ حَتَّى يَأْتِيَ اللّهُ بِأَمْرِهِ إِنَّ اللّهَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ “Ahli kitoblardan ko‘plari ularga haq ravshan bo‘lganidan keyin, o‘zlaricha hasad qilib, sizlarni iymonli bo‘lganingizdan keyin kofirlikka qaytarmoqchi bo‘lurlar. Allohning amri kelguncha afv eting, kechirimli bo‘ling. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir”. (“Baqara” surasi, 109-oyat). الَّذِينَ يُنفِقُونَ فِي السَّرَّاء وَالضَّرَّاء وَالْكَاظِمِينَ الْغَيْظَ وَالْعَافِينَ عَنِ النَّاسِ وَاللّهُ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ “Ular engillikda ham, og‘irlikda ham nafaqa qiladiganlar, g‘azabini yutadiganlar va odamlarni avf qiladiganlardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni yoqtiradir”. (“Oli Imron” surasi, 134-oyat)وَلَا يَأْتَلِ أُوْلُوا الْفَضْلِ مِنكُمْ وَالسَّعَةِ أَن يُؤْتُوا أُوْلِي الْقُرْبَى وَالْمَسَاكِينَ وَالْمُهَاجِرِينَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَلْيَعْفُوا وَلْيَصْفَحُوا أَلَا تُحِبُّونَ أَن يَغْفِرَ اللَّهُ لَكُمْ وَاللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ “Sizlardan fazl va boylik egasi bo‘lganlar qarindoshlarga, miskinlarga va Allohning yo‘lida muhojir bo‘lganlarga (nafaqa) bermaslikka qasam ichmasinlar, bas, afv etsinlar, o‘tib yuborsinlar. Alloh sizlarni mag‘firat qilishini xush ko‘rmaysizlarmi?! Alloh o‘ta mag‘firatli, o‘ta rahimli zotdir”. (“Nur” surasi, 22-oyat)
Alloh taolo kechirim so‘raganlarni kechirmaganlarni xush ko‘rmaydi. عَن جابر رَضِي اللهُ عَنْهُ قال : قال رسول الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بروا آباءكم تبركم أبنائكم وعفوا عن نساء الناس تعف نساؤكم ومن تنصل إليه فلم يقبل لم يرد علي الحوض. رَوَاهُ الحَاكِمُ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Otalaringizga yaxshilik qiling, farzandlarigiz ham sizga yaxshilik qiladi. Odamlarning ayollarining iffatini saqlanglar, ayollaringizning iffati saqlanib qoladi. Kimdan uzr so‘ralsa-yu, qabul qilmasa, Havz (Kavsar)imga kelmaydi (mahrum bo‘ladi)”.
Hokim rivoyat qilgan.
Xulosa shuki,har bir inson vafot etishidan oldin Allohning huzurida ham, maxluqotlarining huzurida ham qalbini sof-pokiza qilib olishi imoning taqozosidir.
Uzrni qabul qilgan kishilar xato qilganlarni do‘st tutishi, bordi-keldi qilish darajasida bo‘lishi shart emas. Gohida u darajaga o‘tib ketish kechirilgan kishini bu kabi o‘zgalarning haqiga engil munosabatda bo‘lishiga sabab bo‘lib qolishi ham mumkin. Kechiruvchining maqsadi kechirilgan kishi javobgarlikdan xalos bo‘lishigina kifoya qiladi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 14:41 | Savol-javoblar | 151 | Moliya va tijorat