Namozda Imomlik!

Bir insoning nomidan savol: Shayh hazratlari Alloh ikki dunyoda martabangizni ulug‘ qilsin. Sizdek ulamolar peshvosiga hukmini bilolmagan savollarimiz bilan murojaat qilish sharafiga muyassar qilgani uchun O‘ziga behisob shukurlar bo‘lsin.Bu savolni oldin ham bergan edik. Javobini ololmaganligimiz uchun va buning javobi biz uchun muhim bo‘lganligi uchun sizni yana bir bor bezovta qilishga majburmiz. Iltimos bu safar javob berasiz degan umitdamiz.O‘zimizga yarasha kichik jamoatmiz. Shu jamoatimizda qay birimiz namozda imomlikka o‘tish uchun loyiqligimizni ba‘zi sabablarga ko‘ra bilolmayapmiz.1. Oramizda Hofiz ul Qur‘on sherigimiz bor. Ular Allohni irodasi bilan bundan bir necha yillar oldin Diniy ilmdan unchalik habardor bo‘lmagan paytlarida tishlarini davolash jarayonida tilla tish qo‘ydirganlar bir qancha. Tish qo‘yilayotgan vaqtida katta tahoratlari bormi yoki yo‘qmi shubhadalar. Shu sababli Imomlikka o‘tishdan tortinadilar.2. Oramizda bundan tashqari Diniy hukmlarni ba‘zi fiqh masalalarini biladigan ozmi-ko‘pmi ilmga ega talabalarimiz bor.Shayh hazratlari Imomlikka qay birimiz loyiqmiz va tilla tishning hukmini aytsangiz. Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Alloh sizdan rozi bo‘lsin
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tilla tishning hukmini ko‘p aytganmiz. Biror masalani so‘rashdan avval uni bu saytda bor yoki yo‘qligini surishtirib olsangiz bizning ham vaqtimizni olmaysiz. Tillo tishni davo uchun qo‘ydirsa bo‘ladi. Mazkur qori imomlikka o‘tishga tortinsa, o‘zining namozi nima bo‘lishini o‘ylab ko‘rmaydimi? Axir tishini qayta soldirishi qiyin ish emas-ku. Sizning misolingizda mazkur talabalar namozga o‘tsalar bo‘laveradi.

1 May 2022, 15:14 | Savol-javoblar | 174 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar