Uch taloq tushgandan keyin eri-xotin yashay olishmaydimi?
Assalomu alaykum! Telegram kanalilarda bir savolga javobilarni ko‘rib, ikkilanib qoldim. Ruxsora Roziqova degan inson savol bergan ekanlar, savollari shuki: Meni bir dona singlim bor bir kuni eri ichib kelib janjal qilipti va kuyov bola onasiga “javobini berdim 3 taloq qo‘ydim” debti. Bu gapni singlim eshitib turgan ekan keyin uyga keldi. Ularni yana birga yashashiga yo‘l bormi? Javob: Yo‘l yo‘q. Vallohu a’lam! Meni savolim shundan iboratki, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni "Baxtiyor oila" kitoblarida, agar er xotiniga uch taloq tushsa, ular birga yasholmaydi lekin xotin boshqa erkak bilan nigohdan o‘tib va keyin u bilan ajrashsa, eski eri bilan yana yashay oladi degandilar adashmasam. Yuqordida yo‘l yo‘q dedilar. Ikkilanib qoldim, kitobda noto‘g‘ri yozilganmi yoki man noto‘g‘ri tushunganmiman hayronman. Qaysi javob to‘g‘riroq? Yo‘l bormi yoki yo‘l yoqmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikki javob ham to‘g‘ri. “Baxtiyor oila”da berilgan masala bu halola masalasi. Hamiyati va g‘ayrati bor erkak halolaga toqat qilmaydi. Agar biz ham hammaga halolani aytaveradigan bo‘lsak odamlar xotiniga taloq qo‘yib boshqaga "qo‘shib berish"ni odat qilishadi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 20:57 | Savol-javoblar | 190 | Administrator