Janozada erkaklar dod solishi
Assalomu aleykum! Biz tomonlarda shunday odat bor. Oiladan kimdir o‘tib qolsa erkaklar uyni oldida terilib olishadida chopon kiyib bellarini bog‘lab baqirib yig‘lashadi. Misol uchun onasi vafot etsa, "Onajonim, onam", otasi vafot etsa "otajonim, otam" deb baqirib yig‘lashadi. Shu qanchalik to‘g‘ri? Bilishimcha ayollar baqir chaqir qilishi mumkin emas, lekin erkaklargachi? Erkaklar chopon kiyib bellariga ro‘mol ko‘pincha qizil ro‘mol bilan bog‘lab olishadi. Shu mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinimiz bunday ishlardan qaytargan.AYTIB YIG‘LASh VA ShUNGA O‘XShASh NARSALARNING HAROMLIGI HAQIDAعَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: لَيْسَ مِنَّا مَنْ ضَرَبَ الْخُدُودَ، وَشَقَّ الْجُيُوبَ، وَدَعَا بِدَعْوَى الْجَاهِلِيَّةِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا أَبَا دَاوُدَ Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim yuzlariga ursa, yoqalarini yirtsa va johiliyat da’vati ila chaqirsa, bizdan emas», dedilar».
Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifda birov o‘lganida uning yaqin qarindoshlari o‘zini qayg‘uli qilib ko‘rsatish uchun o‘zini o‘zi urib, kiyim-boshlarini yirtib, «Voy, suyangan tog‘im, ishongan bog‘im», «Falonim, pistonim», deb, Islomga to‘g‘ri kelmaydigan gaplarni aytib, dod solib yig‘lashi haqida so‘z ketmoqda. Bularning hammasi nihoyatda yomon ishlar bo‘lganligi va musulmon odamga mutlaqo to‘g‘ri kelmaganligi uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday qilganlarni «bizdan emas», demoqdalar. Bu nihoyatda og‘ir gap, ya’ni «bizdan emas» deganlari musulmonlardan emas, deganlaridir.
Ming afsuslar bo‘lsinki, ko‘pgina o‘lkalarda hozirgacha ushbu hadisi sharifga amal qilmay kelinmoqda. Kishilar, xususan, ayollar boshqalarning johiliyat o‘lchovi bilan aytadigan gaplaridan qo‘rqib, o‘zlarini johiliyat ishiga urib, yuzlarini yulib, qonatadilar, kiyimlarini yirtadilar. Hushlaridan ketib qolgunlaricha dodu faryod soladilar. Mo‘min-musulmon odam umuman og‘ziga olib bo‘lmaydigan gaplarni aytib, yig‘laydilar.
Aslida ushbu hadisga amal qilgan holda man qilingan ishlarni mutlaqo qilmaslik kerak. O‘lgan kishi haqida qayg‘urishning islomiy, savobli yo‘llari bor, o‘shalarni qilish lozim. Ushbu faslda nahyi etilgan boshqa narsalarni kelgusi hadislardan o‘rganamiz.عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ: أنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم بَرِئَ مِنَ الصَّالِقَةِ وَالْحَالِقَةِ وَالشَّاقَّةِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا التِّرْمِذِيَّ Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam baqirib yig‘lovchi, sochini oldirib tashlovchi va kiyimini yirtuvchi ayollardan yuz o‘girganlar».
Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan.
Sharh: Musiybat etib, yaqin kishisi vafot etganida yuqoridagi hadisda aytilgan ishlarni qiluvchi ayollar bo‘lgan ekan. Ulardan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam voz kechgan, ya’ni, ular mening ummatim emas, degan ekanlar. Chunki mazkur ishlarni qiluvchilar Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlariga xos bo‘lmagan ishlarni qilgan hisoblanadi.
Musulmon odam yaqin kishisi vafot etib, musiybat etganida sabr qiladi, Allohga duolar qiladi, Alloh taoloning qazoi qadariga rozi bo‘ladi. Musiybatga chidamay, baqirib yig‘lash, bid’at-xurofotga berilib, sochini oldirib tashlash yoki kiyimlarini yirtish esa mushrika, kofira ayollarning ishidir. Mo‘mina-muslima ayollar esa Payg‘ambarlari ko‘rsatgan yo‘ldan borib, u zot alayhissalom qaytargan ishlarni mutlaqo qilmasliklari lozim.عَنْ أَبِي مَالِكٍ الْأَشْعَرِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: أَرْبَعٌ فِي أُمَّتِي مِنْ أَمْرِ الْجَاهِلِيَّةِ لَا يَتْرُكُونَهُنَّ؛ الْفَخْرُ فِي الْأَحْسَابِ، وَالطَّعْنُ فِي الْأَنْسَابِ، وَالْاِسْتِسْقَاءُ بِالنُّجُومِ، وَالنِّيَاحَةُ، وَقَالَ: النَّائِحَةُ إِذَا لَمْ تَتُبْ قَبْلَ مَوْتِهَا تُقَامُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَعَلَيْهَا سِرْبَالٌ مِنْ قَطِرَانٍ، وَدِرْعٌ مِنْ جَرَبٍ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ وَلَفْظُهُ: أَرْبَعٌ فِي أُمَّتِي مِنْ أَمْرِ الْجَاهِلِيَّةِ لَنْ يَدَعَهُنَّ النَّاسُ؛ النِّيَاحَةُ، وَالطَّعْنُ فِي الْأَحْسَابِ، وَالْعَدْوَى، أَجْرَبَ بَعِيرٌ فَأَجْرَبَ مِائَةَ بَعِيرٍ، مَنْ أَجْرَبَ الْبَعِيرَ الْأَوَّلَ؟ وَالْأَنْوَاءُ، مُطِرْنَا بِكَذَا وَكَذَا Abu Molik al-Ash’ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Johiliyat ishidan to‘rt narsa mening ummatimda bordir. Ularni tark qilmaslar: hasablar ila faxrlanish, nasablarga til tekkazish, yulduzlardan istisqo so‘rash, ovoz chiqarib, aytib yig‘lash», dedilar. Yana u zot:
«Agar yig‘i soluvchi ayol o‘limidan oldin tavba qilmasa, qiyomat kuni ustida qatrondan bo‘lgan kiyim va qichitqidan bo‘lgan ko‘ylak bilan tiriltiriladi», dedilar».
Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar.
Termiziyning lafzida:
«Johiliyat ishidan to‘rt narsa mening ummatimda bor. Odamlar ularni hech qo‘ymaslar: aytib yig‘lash, hasablarga til tekkazish, (kasal) yuqdi, deyish. «Bir tuya qo‘tir bo‘ldi. Yuz tuyani qo‘tir qildi» (deydilar). Birinchi tuyani kim qo‘tir qilibdi? Va yog‘inni yulduzlardan deb bilish. U bilan, bu bilan bizga yomg‘ir yog‘di, deyish», deyilgan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifning ikki rivoyatini qo‘shganimizda johiliyat ishlaridan besh narsa odamlarga singib ketgan bo‘lib, urf-odat va boshqa omillarga ko‘ra, musulmonlar ichida ham ko‘p tarqalgan holda uchrab turadi. Bu yomon narsalardan faqat Alloh rahmini egan, chin musulmon bandalargina qutulib qoladilar. Qolganlar esa turli bahona va sabablar topib, o‘sha johiliy sifatlarga mubtalo bo‘lib yuraveradilar.
Bunda yaqin kishisi o‘lganidan uning madhini mubolag‘a bilan baland ovozda aytib, baqirib yig‘lash ko‘zda tutiladi. Johiliyat paytida shunday bo‘lgan. Shuningdek, qadimgi johiliyatda aytib yig‘lashni kasb qilib olgan ayollar bo‘lar edi. Ular qaerda bir odam o‘lsa, aza kiyimlarini kiyib borib, kishilarni ta’sirlantirish uchun qayg‘u va alamni kuchaytiruvchi so‘zlarni aytib, baland ovoz bilan yig‘lar va bu «xizmat»lari uchun haq olar edilar.
Bu ishni qiluvchi ayollar yaxshi bilib qo‘yishlari kerakki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ushbu hadisda ta’kidlaganlaridek:
«Agar yig‘i soluvchi ayol o‘limidan oldin tavba qilmasa, qiyomat kuni ustida qatrondan bo‘lgan kiyim va qichitqidan bo‘lgan ko‘ylak bilan tiriltiriladi».
Lozim qatrondan bo‘lsa, o‘zi shunday ham shiddatli bo‘lgan do‘zax o‘ti uning lozimiga ilashib, yana ham shiddat bilan yonmaydimi? Ko‘ylak qichitqidan bo‘lsa, azob ustiga azob bo‘lmaydimi? Bunday ashaddiy azobdan qutulishning chorasi bitta – bu dunyoda vaqt borida tavba qilib, shariatimiz harom qilgan yig‘i soluvchilik kasbini tashlash va ko‘proq ibodat qilish kerak. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
8 Oktabr 2023, 19:27 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar