Mullalarga engillik va ishga engillik uchun o‘qitish mumkinmi?

Assalomu alaykum! Men shifokorman. O‘z soham bo‘yicha hech ish topolmayapman! Ishim hech yurishmaydi. Sizga savolim shundan iboratki, engillik va ishim uchun mullalarga o‘zimni o‘qitib yuborsam gunoh emasmi? Yoki bu ishim gunohmi? Namozlarimda Allohdan iltijo qilib so‘rayman albatta! Agar gunoh ishni ko‘nglimga olgan bo‘lsam Alloh meni kechirsin! Shu savolimga javob bersangiz Alloh sizlardan rozi bo‘lsin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! وَقَالَ أَبُو الدَّرْدَاءِ رَضِي اللهُ عَنْهُ: مَنْ قَالَ إِذَا أَصْبَحَ وَإِذَا أَمْسَى: حَسْبِيَ اللهُ لَا إِلَهَ إِلَّا هُوَ، عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ، وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظِيمِ، سَبْعَ مَرَّاتٍ، كَفَاهُ اللهُ مَا أَهَمَّهُ صَادِقًا كَانَ بِهَا أَوْ كَاذِبًا  Abu Dardo roziyallohu anhu:
«Kim tong otganda va kech kirganda etti marta «Hasbiyallohu, laa ilaaha illaa huva, alayhi tavakkaltu va huva robbul arshil aziym»ni aytsa, Alloh unga g‘am etkazadigan narsadan kifoya bo‘lur, unda sodiq bo‘lsa ham, kozib (yolg‘onchi) bo‘lsa ham», dedilar».
Sharh: Duoning ma’nosi: «Alloh kifoyachim bo‘lsin. Undan o‘zga iloh yo‘q. Uning O‘zigagina tavakkal qildim, U ulug‘ arshning Robbidir». Buni ham yodlab olib, doimo tong chog‘ida o‘qib yurmoq lozim. ("Hadis va Hayot" kitobidan).
40 kun har namozdan keyin 21 marotabadan.  Ya Rohmaan. Ya Rohiym. Ya Hadiy. Bu Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hazratlarining tajriba asosida aytgan so‘zlari.  Vallohu a’lam!

1 May 2022, 16:09 | Savol-javoblar | 173 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar