Koreyada ishlash uchun imtixon
Assalomu alaykum! Muhtaram ustozlar, Alloh taolo olib borayotgan ishlaringizga barakotlar bersin! Izlash bo‘limidan savolimga javob topa olmayapman. Iltimos yordamingizni ayamasangiz. Korea davlatida ishlash uchun imtixon test shaklida bo‘ladi. Ammo ming afsuslar bo‘lsinki, test sinovlaridan ko‘plab vatandoshlarimiz pora evaziga yuqori natija bilan o‘tib, Koreada ishlab kelishmoqda. Lekin koreys tilini bilishmasada imtixondan so‘ng o‘qitish orqali tilni o‘rganib ishlab ketishmoqda. Ushbu holatda yillar davomida ishlab topilgan pul halol bo‘ladimi? Bu masalaning hukmi qanday? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Pora berish harom. Pulini halol mehnat qilib topgan bo‘lsa, uni harom deb bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 16:31 | Savol-javoblar | 156 | Halol va harom