Uyquda bulg‘anish

Assalamu alaykum! Inson bamdodga yaqin uyqusida bulg‘anib qolsa, lekin g‘usl qilishga sharoit bo‘lmasa, masalan biror joyda ishda bo‘lsa, g‘usl qilishga joy yo‘qligi, kun sovuqligi sabablari bo‘lsa tayammum qilib, namoz o‘qisa bo‘ladimi yoki sovuq bo‘lsa ham cho‘milish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Issiq-iliq suv yo‘q joylarda muzdek suvga iloji boricha istinjo qilmagan ma’qul. Uning o‘rniga kesak yoki maxsus qog‘ozlar bilan yaxshilab artinib qo‘yilsa, kifoya bo‘laveradi. Avratlarni sovuq suvga chayishga majbur qilinmaydi, chunki, sovuq suvga istinjo qilish, istinjo mustahabi sababli ishtonni nam holda kiyib yuraverish oqibatida prostata bezi shamollashi, shuningdek, boshqa a’zolarning qattiq shamollashi, bavosil (gemorroy) kasalligi hozirda namozxonlar orasida kuzatilmoqda. Bugungi kunning mahoratli tabiblarining ishonchiga ko‘ra, sovuq suvga jinsiy a’zolarni chayaverish prostata bezi shamollashiga va bavosil kasalligiga olib kelishiga shubha yo‘q. Holbuki, fiqhiy matn kitoblarining barchasida havoning va suvning sovuqligi oqibatida jonga yoki a’zolarga kasallanish xavfi bo‘lganida hatto g‘usl yoki tahorat qilmasdan tayammum bilan kifoyalanishga shariat ruxsat bergani qayd qilingan. Imom A’zam Abu Hanifa rahmatullohi alayhxoh musofirlikda va xoh muqimlikda ana shunday xavf bo‘lishi sababli tayammum qilishga shariatda ruxsat berilganligiga fatvo bergan. Garchi uning ikki shogirdi – Abu Yusuf rahmatullohi alayhva Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniy rahmatullohi alayhhamda ular fikriga qo‘shilgan keyingi davr faqihlari tomonidan muqimlikda qahratonda iliq suv topilmasa sovuq suvga tahorat qilinadi, deyilgan bo‘lsa-da, biroq, fiqhiy matn kitoblarining barchasi mazhabboshi Imom A’zam Abu Hanifa rahmatullohi alayhfikrini mutlaq tarzda inobatga olib, mazhab fikri sifatida taqdim qilib kelganlar (Qarang: Ibn Nujaym al-Misriy. Bahr ar-roiq. 1-jild. – Qohira: Ilmiya, 1311. – B. 148-149; Shamsiddin al-Qo‘histoniy. Jome’ ar-rumuz. 1-jild. – Qozon, 1902. – B. 65-66). Vallohu a’lam!

1 May 2022, 17:59 | Savol-javoblar | 184 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar