Qimormi?

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar! Biz Rossiyada ishlaymiz, bu erda telefon orqali internetga kirib turamiz. Hozirda shunday programmalar chiqdiki ular yordamida internetdan video reklamalar ko‘rib pul, achko (bal) to‘plab O‘zbekistonga bepul qo‘ng‘iroq qilsa bo‘lar ekan, menga sheriklarim tafsiya qilgan edi ko‘nglim tortmadi chunki, yo‘q joydan pul kelar ekan va ba’zi bir bo‘limlarida o‘yinlar bor, unda bal tikasiz va kompyuter bilan o‘ynaysiz. yutsangiz o‘sha miqdorda bal olasiz yoki berasiz.
1-savolim: shunday programmalarni o‘ynash qimormi? Va shu yo‘l bilan topiladigani halolmi?
2-si yana shunaqa o‘yinlardan biri baraban aylantiradi achko (bal) chiqadi va shu achkolar pul bo‘lib hisobga tushadi. Bu hozir juda ommalashib har bir tarmoqlarda shularni reklama qilishyapti shu o‘yinlar ham qimorga kiradimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat, javoblaringiz birodarlarimizni haq yo‘lga boshlasin Inshaallah!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qimor. Chunki avval pul tikasiz, keyin o‘sha pul tikkanlarning pulini yutasiz. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 18:22 | Savol-javoblar | 168 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar