Murtadlik

Assalomu alaykum! Biz tamonlarda bir inson ilgari nasroniylikka o‘tib ketgan edi. Biroq  4-5 yil oldin qaytadan musulmon bo‘ldim deb aytgan edi. Lekin shu kunda atrofiga odamlar yig‘ib injil va  tavrotni  o‘qishga targ‘ib qilayabdi. Hatto «Payg‘ambarlar tarixi» degan tavrotga asoslanib, unga Qur’oni karimni aralashtirib kitob yozib chiqqan. Biroq imomlarimiz bu yo‘lingdan qayt murtad bo‘lib qolasan desa iymon kalimasini keltirib men musulmonman deyabdi. Biroq bibliyadan varaqlar va shunga o‘xshash narsalar tarqatishi to‘xtamayabdi. Biz uning atrofidagilar ko‘payib borayayotganidan qo‘rqayabmiz. Savol. U odamlarning hukmi qandy? Bizning ular bilan aloqamiz qanday bo‘lishi kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kimnidir tilidan “Laa ilaaha illalloh” kalimasi tushmasada, hozirgi kundagi Injilga amal qilish kerak degan gap chiqsa, u murtad hisoblanadi. O‘zini mo‘minman deyishi munofiqlik hisoblanadi. Chunki o‘sha tarjima qilingan kitoblarida Alloh taoloning yakkaligini inkor qiluvchi so‘zlar keltirilgan. U odamni huquq tartibot idoralariga etkazish kerak. Aks holda hamma gunohkor bo‘ladi. G‘aybdan gapiruvchi har qancha namoz o‘qisin, u musulmon bo‘lib qolmaydi. Xuddi shuningdek mo‘minman deb Injil va Tavrotga targ‘ib qiluvchi mo‘min bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 18:23 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar