Ayol va qizlarning mahramsiz safarga chiqishlari

Assalomu alaykum! Men 19 yoshdaman, va oliygoxda 1-bosqich talabasiman. Bolaligimdan doim chet davlatda ta’lim olishni orzu qilardim va har namozda Allohdan bu niyatimning ro‘yobini so‘rayman. Allohga shukurlar bo‘lsinkim, endi menda shunday imkoniyat paydo bo‘ldi. Ammo muqaddas dinimizda ayol va qizlarning mahramsiz safarga chiqishlari gunoh hisoblanadi. Turmushga chiqishda shoshilishni xohlamayman. Bu vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak? Maslahat bersangizlar. Javobingiz uchun rahmat, Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mahramingiz olib borib qo‘yadi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 19:22 | Savol-javoblar | 144 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar