Samarqandagi xovuzcha

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir tanishim Samarqand viloyatiga boribdi, u erda kichkina xovuzcha bor ekan (rasmda ko‘rdim). Shu xovuzchada suv bo‘lib, odamlar o‘sha suvdan niyat qilib ichib, tilak tilab tanga tashashar ekan. Bu Bid’atmi yoki shirk? Nima desa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘sha tangalarni beva-bechoralarning cho‘ntagiga tashlansa o‘shalarning duolari ijobat. Pul tashlaganning niyatiga qarab bo‘ladi. Agar shu suv beradi deb e’tiqod qilmasa, shirk emas bid’at bo‘ladi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 19:40 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar