Ishonchsiz hikoyalar
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir hikoya o‘ylantirib qo‘ydi. Ikki farishta odam qiyofasida 2 insonni uyida mehmon bo‘lishadi. 1-mezbon boy badavlat odam. U mehmonga soviq erto‘ladan joy qilib beradi. O‘sha erto‘lani devori qulaydigan axvolda bo‘ladi. Katta farishta o‘sha devorni tuzatib qo‘yadi. Keyin 2-mezbonnikida mehmon bo‘lishadi. U kambag‘al odam bo‘ladi. Lekn nimasi bo‘lsa barchasini mehmonga qo‘yadi. O‘zini issiq joyini beradi. O‘zi ayoli bilan sovuq joyda tunashadi. Ertalab farishtalar uyg‘onib hovliga chiqishsa er xotin yig‘lab o‘tirganini ko‘rishadi. Birgina sutini ichib tirikchilik qilib kelayotgan sigiri o‘lib qoladi. Shunda kichik farishta katta farishtaga nega bunday qilding deydi? Katta farishta : kechasi azroil kelib mehmondo‘st yigitni ayolini jonini olgani keldi. Men unga sigirni berdim deydi. Boyni devorini nega tuzatding desa u hasis edi devorda ko‘p oltin berkitilga edi deydi. Shu hikoyaga qarasak bir nechta tushunmovchiliklar bor. Avvalo farishtalar uxlamaydilar, keyin Azroil kimnidir jonini olgani kesa albatta uni jonini oladi boshqanikini emas dedim. Bu erda kimni jonini olish haqida emas hasis bo‘lmaslik haqida va bir nechta hikmatlar bor deyishyapti. Bu erda aqidaga to‘g‘ri kelmaydigan narsalar bor bu narsalarni o‘qimagan afzal dedim. Qadarni farishtalar o‘zgartira olarkanda kimnidir jonini saqlab qolarkanda degan fikrga borib qolish mumkin va eng qizig‘i bunaqa hikoyalar shu darajada ko‘pki sahih narsalardanda ko‘ra ko‘proq tarqalganga o‘xshaydi. Telegramda shunaqa hikoyalar kannalar ko‘p. Shu masalani yoritib bersangizlar. Odamlar ishonchli sahih narsalarni o‘rganishsa foydasi katta bo‘lardi inshaaaloh.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri aytibsiz. Hozirgi kunda boshqa dinlarning kitoblari odamlarning so‘zlari, hikoyalari, hayoliy voqe’alari bilan to‘lib toshgan. Shuning uchun ham ularni Alloh taolodan nozil qilingan asl Tavrot yoki asl Injil deb bo‘lmaydi. Hatto fuqaholarimiz u kitoblarni hozirgi davrdagi nusxalarini Allohdan nozil qilingan asl kitoblar deyishni kufr deganlar. Shuning uchun boshqa din vakillari Qur’onni ham o‘zgartirishga urinib ko‘rishdi. Bu ish muhol ekanligini bilishgach esa hadislarga osilishdi. Islom ulamolari hadislarni asl holida saqlab qolishga qattiq uringanlaridan mo‘’tabar hadis kitoblariga o‘zgartirish kirita olishmadi. So‘ng himmatlarini o‘zlari tomonidan to‘qima kitoblar yozishga qaratishdi va buni uddasidan ham chiqishdi. Xalq ichiga minglab to‘qima hadislar, bo‘lmagan voqe’alarni tarqatishdi. Madrasa va ma’hadni bitirib fiqh, hadis, e’tiqod tafsir taxassuslarini mutaxassislari huzurida ta’lim olganlar sahih bilan to‘qimalarini bemalol ajrata oladilar. U darajaga etmaganlari esa hali hanuz kechasida o‘tin tergan kishi huli bilan qurug‘ini ajrata olmagani kabi sahih bilan to‘qimalarni ajratolmay ko‘rgani yoki eshitganini gapirmoqdalar. Ularning niyati go‘zal bo‘lishi mumkin, kimlarnidir hidoyatiga sababchi bo‘lmoqchi bo‘lishar, lekin masalaning boshqa tomoniga ham e’tibor qaratish kerak. Allohni aytmaganini aytdi deyish, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam demagan gaplarini degan deyish, dinda yo‘q narsalarni dindan deb aytish o‘ta og‘ir gunohdir. Alloh taolo “Nahl” surasida marhamat qilib: وَلاَ تَقُولُواْ لِمَا تَصِفُ أَلْسِنَتُكُمُ الْكَذِبَ هَذَا حَلاَلٌ وَهَذَا حَرَامٌ لِّتَفْتَرُواْ عَلَى اللّهِ الْكَذِبَ إِنَّ الَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى اللّهِ الْكَذِبَ لاَ يُفْلِحُونَ 116. Allohga nisbatan yolg‘on to‘qish uchun tillaringiz vasf qilgan yolg‘onni gapirib, «Bu halol, bu harom», – deyavermanglar. Albatta, Allohga nisbatan yolg‘on to‘quvchilar zafar topmaslar. “Yunus” surasida : قُلْ إِنَّ الَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى اللّهِ الْكَذِبَ لاَ يُفْلِحُونَ 69. Sen: «Albatta, Allohga nisbatan yolg‘on to‘qiydiganlar zafar topmaslar», – deb ayt. degan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagicha marhamat qilganlar: عَنْ عَبْد ِاللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: بَلِّغُوا عَنِّي وَلَوْ آيَةً، وَحَدِّثُوا عَنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ وَلَا حَرَجَ، وَمَنْ كَذَبَ عَلَيَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالتِّرْمِذِيُّ Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Mendan bir oyat bo‘lsa ham etkazinglar. Bani Isroil haqida gapiringlar, tanglik yo‘q. Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdagi o‘rindig‘iga joylashaversin», dedilar». Buxoriy va Termiziy rivoyat rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 20:10 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar