Masaj

Assalomu alaykum! Ustozlar, erkakni erkak ayolni ayol yoki erkakni ayol masaj qilsa bo‘ladimi? Dinimiz bu borada nima deydi? Massaj qiladigan salonlarga borilsa aksariyati ayollar bir xil sog‘lig‘i tufayli bir xili shunchaki masaj qildiradi u erda ayollar masaj qiladi. Dinimiz bu to‘g‘risida nima deydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Erkakni erkak, ayolni ayol massaj qilsa bo‘ladi. Shunda ham kindiklaridan tizzalarigacha bo‘lgan joylari berk(to‘silgan) bo‘lishi shart. Boshqasi joiz emas. Ya’ni ayolni erkak, erkakni ayol massaj qilishi joiz emas. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 20:18 | Savol-javoblar | 166 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar