Odam alayxissalom xaklaridagi xadis
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu!Savol: Bundan bir-ikki yillar oldin internetdan bir fatvoni ko‘chirib olgandim. Hozirda u sayt faoliyat olib bormayapti. Aniqrog‘i ochilmaydi. Unga berilgan javobda quyidagi jumlalar bor: Iqtibos: Siz so‘ragan narsa, ya’ni Odam alayhissalom jannatdan xaydalganlaridan keyin Allohdan Payg‘ambarimiz Muxammad sollAllohu alayxi va sallam xurmatlarini o‘rtaga ko‘yib kechirim so‘raganlari haqidagi rivoyat muxaddis Xokimning (321-405 xijriy) "Mustadrakul - Xokim", Tabaroniyning (260-360 xij.) "Al-Mu’jamus - sagiyr" va "Al-Mu’jamul-avsat" kitoblarida keltirilgan. Xokimning keltirgan xadis matni mana bunday: "Odam gunoh ish kilgach: "Ey Parvardigor, Muxammad xakki-xurmati bilan so‘rayman, gunohimni kechir", dedi. Shunda Alloh: "Ey Odam, qanday kilib Muxammadni taniding, axir Men uni xali yaratmaganman-ku?" deb so‘radi. Odam: "Ey Parvardigor, Sen meni O‘z ko‘ling bilan yaratib, menga O‘z ruxingdan puflaganingda, boshimni ko‘tarib, Arsh ustunlarida "La ilaxa illAlloh, Muxammadur-Rasululloh", degan yozuvni ko‘rdim va bildimki, Sen O‘z ismingga yaralmishlar ichida O‘zingga eng maxbubini ko‘shasan". Shunda Alloh: "To‘gri ayting, ey Odam, darxakikat, u menga yaralmishlarning eng maxbubidir. Uning xakki-xurmati bilan Menga duo kil, bas, gunohingni kechiraman, agar Muxammad bo‘lmaganida seni yaratmasdim", dedi. Bu xadis muxaddislarning so‘nggisi bo‘lmish Shayx Nosiruddin Al-Alboniy raximaxullox taraflaridan o‘rganilib, "mavzu’" xadis ekanligi, ya’ni odamlar tomonidan to‘kib chikarilgan xadisligi aniklangan. Shuning uchun bu xadisni Payg‘ambar alayhissalomga nisbat berish, u zotning so‘zlari deyish to‘gri emas.Muxaddis olimlarning ma’lum kilishlaricha, Xokim va Tabaroniy raximaxumAllohlarning xadis to‘plamlarida zaif va to‘kima rivoyatlar etarlichadir. Shuning uchun u to‘plamlardagi xadislarni extiyot bo‘lib olish tavsiya kilingan. Yana shuni yaxshi bilish kerakki, Islom dini kitoblariga 14 mingga yakin to‘kima xadis kiritib yuborilgan. Bu xadislarning bari "Payg‘ambar alayhissalom dedilar" degan so‘zlar bilan boshlanadi. Bunday xadislarning xadis to‘plamlariga kirib kolishida ularni yiggan muxaddislarni ayblab bo‘lmaydi…… Mo‘’tabar va mo‘’tamad tafsir kitoblarida ta’kidlanishicha, Odam alayhissalom va Xavvo onamizning Allohning buyrugiga xilof yo‘l tutib, gunoh ish kilib ko‘yganlarida qanday so‘zlar bilan tavba kilganliklari Qur’oni Karimda ochik-oydin bayon kilingan. Alloh Taolo "Al-A’rof" surasining 23-oyatida shunday marxamat kiladi: "Ular ikkisi: Ey Rabbimiz, darxakikat biz o‘zimizga o‘zimiz zulm kildik. Agar gunohimizni kechirib bizlarga raxm kilmasang, shubxasiz, ziyonkorlardan bo‘lib kolurmiz, dedilar". iktibos tugadiBu hadisni keltirganimdan maqsad shuki, hozirda ham shu hadisni ba’zi masjid imomlarimiz mav’iza chog‘ida rivoyat qilishadi. Ko‘proq mavlud oyida payg‘ambar s.a.v ning fazllarini bayon qilish chog‘ida. Mazkur hadis barcha muhaddislarning fikri bo‘yicha ham to‘qima hadismi yoki sahih yoki hasan yo‘llar bilan ham rivoyat qilgan muhaddislar bormi? Din yo‘lida qilayotgan ishlaringizni Alloh bardavom aylasin! Amin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu kabi hadislarni avvalgi muhadisslar rahmatullohi alayhim yaxshilab o‘rganganlar va alohida “mavzu’ot” deb nomlangan kitoblarida bayon qilganlar.Mazkur hadisni mavzu’ligiga barcha ittifoq qilgan.
1 May 2022, 20:18 | Savol-javoblar | 186 | Hadislar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu kabi hadislarni avvalgi muhadisslar rahmatullohi alayhim yaxshilab o‘rganganlar va alohida “mavzu’ot” deb nomlangan kitoblarida bayon qilganlar.Mazkur hadisni mavzu’ligiga barcha ittifoq qilgan.
1 May 2022, 20:18 | Savol-javoblar | 186 | Hadislar