Yoshlikdagi gunoxlar
Assalomu alaykum! Yoshim 24da. 2 o‘g‘lim bor. Men qizlik paytlarimda juda katta gunohlar qilganman. Zino qilganman, kalta, ochiq kiyinganman, hayit kuni shimda tasodif qabristonga borganman. O‘shanda hamma menga la’nat o‘qigan bo‘lsa kerak. Hozirgi kunda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni hayotlarini o‘qib, o‘rganib sahobalarni ilmda, amalda sobit qadam bo‘lganlariga, ahli ayollarini ibo, hayosiga havas bilan qaradim. Yaqinda Qur’onni to‘liq xatm qildim. Namozni 1 yil oldin boshladim, lekin doim ham to‘liq o‘qiy olmayman. Tashlab ham yubormayman. Yoshligimda shu aqlim bo‘lmaganiga afsuslanaman. Shu sababdanmi qabrni va o‘lganlarni tushda ko‘p ko‘ryapman. Ka’bani ko‘raman, lekin bulut to‘sib turadi. Bu gunohlarimni ulkanligidanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizda tavba bor ekan. Qilgan gunohlaringizni hammaga aytib, guvohlarni ko‘paytirish o‘rniga, istig‘forni ko‘paytiring. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan javobni o‘qing https://savollar.islom.uz/wparxiv/39309
1 May 2022, 21:02 | Savol-javoblar | 167 | Dolzarb savollar