Chaqaloqni boshiga za’faron surtish

Assalomu alaykum  Bir ma’lumotda yangi tug‘ilgan chaqaloqni aqiqa kuni sochi olingach boshiga za’faron surtish kerakligi haqida o‘qigandim. Bu dinimizda aytilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن عبد الله بن بريدة رَضِي اللهُ عَنْهُ عن أبيه قال : كنا في الجاهلية إذا ولد لاحدنا غلام ذبح شاة ، ولطخ رأسه بدمها ، فلما جاء بالاسلام كنا نذبح شاة ونحلق رأسه ونلطخه بزعفران  أخرجه أبو داود  والطحاوي Abdulloh ibn Buraydi roziyallohu anhu otasidan rivoyat qiladi :   U kishi aytdilar : “Johiliyat vaqtida birortamiz o‘g‘il farzand ko‘rsa qo‘y yoki echki so‘yar va qonini boshiga chaplar edi. Islom kelgach, qo‘y, echki so‘yib, bolaning sochini olib boshiga za’faron surtadigan bo‘ldik”. Abu Dovud, Tahoviylar rivoyat qilishgan. عن عائشة رَضِي اللهُ عَنْها قالت : وكان أهل الجاهلية يجعلون قطنة في دم العقيقة ، ويحيلونه على رأس الصبي ، فأمر رسول الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، أن يجعل مكان الدم خلوفا  . أخرجه أبو يعلى في  مسنده  والبيهقي Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi :   Johiliyat ahli aqiyqa qoniga paxtani botirib bolaning boshiga chaplar edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qon o‘rniga xushbo‘ylik surtishni buyurdilar. Abu Ya’lo va Bayhaqiylar rivoyati. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 21:02 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar