Alloh nomidan gapirish
Assalomu alaykum! "Alloh xohlayabti sen o‘zing xohlamayopsan" degan so‘zlar ko‘p uchrab turadi. Shu so‘z qanchalik yomon so‘z ekaniga oydinlik kiritib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh farz, vojib, sunnat va mustahab bo‘lgan ishlarni bandasi qilishi buyuradi. Alloh bandasiga o‘ta mehribon, balog‘at yoshiga etgunicha insonga hech qanday ixtiyor bermadi. Kimdan tug‘ilishini, qaerda tug‘ilishini, qaysi shaklda tug‘ilishini. Bularni hammasini majburiy qildi. Rizqini ham O‘zi etkazdi, balog‘at yaqinlashgach Unga ixtiyor berdi, aql berdi. Hamma tarafdan Alloh O‘zining borligini bildiruvchi alomatlarni ko‘rsatib qo‘ydi. Ixtiyor berishidan murod Alloh O‘zini majburlab yaxshi ko‘rishni xohlamadi. Agar Meni yaxshi ko‘rsa o‘z ixtiyori bilan yaxshi ko‘rsin, Menga itoat qilsa o‘z ixtiyori bilan itoat qilsin. Agar Mendan yuz o‘girsa o‘z ixtiyori bilan yuz o‘girsin degan ma’noda. Agar banda Robbisini ixtiyor qilsi, itoat qilsa, gunohlariga nadomat va tavba qilsa abadiy jannat berishini, O‘z diydoriga musharraf qilishini va’da qildi. Alloh xoxlayabti sen o‘zing xoxlamayopsan deyish o‘rniga Alloh buyuryapti sen o‘zing xohlamayapsan deyish to‘g‘ri bo‘ladi. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 05:18 | Savol-javoblar | 173 | Dolzarb savollar