Iftorlik haqida

Assalomu alaykum! Payg‘ambarimiz alayhissalom bir ro‘zadorga iftorlik qilib berish juda ulug savoblar keltirishligini aytganlar. Shu yuzasidan savolim bor edi. O‘zim talabaman. Alhamdulillah hamma kvartiradagi sheriklar ro‘za tutmoqchimiz. Ramazon boshlansa biron kun iftorlik qilib bermoqchiman. Savolim shuki hamma sheriklarim ham ro‘za tutgani bilan bazilari og‘iz ochiq bo‘lganda chekadi namoz o‘qimaydi shularga ham iftorlik qilib bersam savobi komil bo‘laveradimi yoki vaqf kabi hayriya tashkilotlariga pulimni berganim yaxshimi? 2) Yaqinda imtihonim bor Allohdan imtihonni engillatish uchun so‘raydigan qanday duolar bor.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Iftorlik dasturxoni ro‘zadorlarga qilib beriladi. Undan qancha ro‘zador kishilar taomlansa o‘shancha savob olasiz. Ro‘za tutmaganlarning ham dasturxonga o‘tirishini zarari yo‘q. Ikki rakaat namoz o‘qib undan keyin astoydil duo qiling. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 17:00 | Savol-javoblar | 140 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar