Nomus

Assalomu alaykum! Meni singlimni 9 yoshida nomusiga tegmoqchi bo‘lgan xolamizni turmush o‘rtog‘i pochchamiz xar xil qiliqlar qilgan. Nimalar qilgani faqat Allohga va o‘ziga ayon. Onam ichki kiyimlaridan bilib qolgan. Xullas onam kechirolmaydilar men xam. Qarindoshlik rishtalar o‘zilgan desam noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Dinimizda qarindoshlik rishtalari qadrlanadi. Ular bilan aloqa qilmasligimiz qanchalik to‘g‘ri, kechib yuborishimiz joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar uzish foyda bersa uzish kerak. Mabodo aloqani o‘zsangiz ham gunohkor bo‘lmaysiz. Shariatimizda Alloh uchun yaxshi ko‘rish va Alloh uchun yomon ko‘rish degan narsalar bor. Zotidan nafratlanmang, mabodo biror gunoh ish qilsa sizni shu ishingiz uchun yomon ko‘raman deyishingiz kerak. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 10:10 | Savol-javoblar | 181 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar