Qarz bergan inson o‘lib qolsa
Assalomu alaykum! Ustoz man 1 yil oldin bir ayoldan 60000 so‘mlik mato olgan edim. Pulini keyin bo‘lib beraverasan degan edilar. Qarzim esimdan chiqib ketibdi, yaqinda vafot etganlarini eshitdim. Turmush o‘rtoqlari katta lavozimda ishlaydi, topa olmayman. Qizlari uzoq joylarga turmushga chiqib ketishgan ekan, tanimayman. O‘g‘illari oilasi bilan poytaxtda turar ekan. Qarzimni qaytarishni iloji bo‘lmayabdi. O‘sha puldan islomiy kitob olib yoki joynomoz olib bir taqvoli ayolga sovg‘a qilsam (o‘sha ayol nomidan sadaqa deb). Shu narsalarda o‘qilgan nomozdan marxumaga savobi etib turadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Merosxo‘rlarini topib berishingiz shart. Boshqa yo‘li o‘tmaydi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 19:34 | Savol-javoblar | 155 | Aqiyda
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Merosxo‘rlarini topib berishingiz shart. Boshqa yo‘li o‘tmaydi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 19:34 | Savol-javoblar | 155 | Aqiyda