Nasiya savdoda mashina mijoz nomiga

Assalomu alaykum! Men mashinani nasiya savdoga pulini bo‘lib bo‘lib to‘lashga ustiga foyda qo‘yib sotaman (ko‘cha tilida aytganda Arenda). Mashinani avval o‘zimni pulimga va o‘zimni nomimga sotib olaman. Mashinani o‘zim borib ko‘rib o‘zim pulini berib faqat o‘zimni nomimgamas bir yaqin do‘stimni nomiga olsam bo‘ladimi yoki o‘sha mashinani mendan nasiyaga olmoqchi bo‘lgan mijozni nomiga olib bersam bo‘ladimi? Bunga sabab mashinani nomimga o‘tkazish ortiqcha rasxod, keyin u odam o‘ziga xaydash uchun shartnoma qiladi bu xam rasxod. Mashinani pulini to‘lab bo‘gandan keyin yana o‘zini nomiga o‘tkazadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mashinani sotib olayotganda yoki sotayotganda haqiqiy xaridordan boshqaning nomiga rasmiylashtirish joiz. U haqiqiy xaridorning mulki bo‘lib qolaveradi. Vallohu a’lam!

7 Oktabr 2022, 14:54 | Savol-javoblar | 243 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar