Xar xil savollarim

Assalomu alaykum! Ustozlar 1). Qo‘shni ayollar masjidimiz imomiga borib choy tuz shunga o‘xshash narsalar berib kelishadi imom dam solib u narsalarni qaytib egalariga beradi u ayollar oilaviy shu choydan ichisharkan va bu choyni qaytarma choy dib e’tiqod qilisharkan shu to‘g‘rimi? 2). Masjidimiz tumanimizdagi eng kichkina masjid, shu sababdir qilinadigan ehson va boshqa tushumlar masjidni o‘zini xarajatlariga zo‘rg‘a etib turarkan. Imomimiz tirikchilik uchun o‘zlarini kasblari bor ularni yaxshi tushunaman lekin shu sabab bilandir jamot namozlaridan faqat juma namozida sharoitlari boganda boshqa namozlarga (onda sonda) chiqib turadilar. Imom yo‘q vaqtlarda ( juda ko‘p boladi bu xol) yoshi kotta maxalliy domlalar navbat bilan imomlik qilishadi lekin tajvid umuman yo‘q qo‘pol xatolar ko‘p qiroatlarida. Savolim: shu xolatda man nima qilay imomimiz uylari manga yaqin masjidga pishkom 13 minut velosipetda 5 minutli yo‘l, bomdot bilan xufton namoziga o‘ziz imomlikga o‘tibering deb iltimos qisam beodoblimasmi yoki uyda o‘zim o‘qiganim yaxshimi? (savolimga g‘iybat aralashib qomadimi Alloh asrasin)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Buni dinga aloqasi yo‘q. Mabodo Qur’on shifo deb davolanish sifatida zarari ham yo‘q.
2). Ixtiyoringiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:59 | Savol-javoblar | 165 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar