Ijara eridagi sheriklik va zakot masalasi xususida

Assalamu alaykum! 1). Bir odam o‘zining fermer xo‘jaligiga davlatdan uzoq muddatga ijaraga er olgan. Olingan erda tashqaridan boshqa odam bilan sherikchilik asosida sholikorlik qilinadi. Bunda sherik erni xaydash, urug‘ sepish, kimyoviy dori solish va xosilni yig‘ishgacha bo‘lgan barcha ishlarni bajaradi, xamma xarajatlar chegirilgandan keyin xosil guruch ko‘rinishida o‘rtada teng bo‘linadi. Sholining poyasi va kepagi xam sherikka qoladi, undan tashqari ijara erdan yana 25 sotixi sherikni o‘ziga buxgalterlik xisob-kitoblarini amalga oshirishligi uchun ajratilgan, sherikchilik amaliyotimiz noto‘g‘ri bo‘lmayaptimi? 2). Bu erdan zakot berish qay tarzda amalga oshiriladi, ya’ni ijaraga olingan erni egasi umumiy xosildan xarajatlarni chiqarib tashlab xisoblab beradimi yoki tomonlarni ulushidan aloxida-aloxida beriladimi? 3). Agar olinayotgan xosil zakot berish uchun xisoblaganda nisobga etmagan bo‘lsa, ushr qancha va qanday taqsimotda beriladi? 4). Ijaraga olingan erni sherikka, umuman olganda boshqa odamga 1 yilga ijaraga berilsa va ijara pulini avvaldan, ya’ni xali urug‘ni erga sepmasdan olish joizmi, ijara puli nisobga etsa zakot chiqariladi, agar etmasa ushr chiqariladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). https://savollar.islom.uz/wparxiv/89327 
2). Har kim o‘z ulushidan ushr ajratadi.
3). Hanafiy mazhabida ushrga nisob belgilanmagan.
4). Ijaraga olingan joyni ijaraga berish joiz. Ijaraga olgan puldan qimmatroqqa ijaraga berish uchun biroz o‘zgartirish kiritishi kerak. Masalan erni haydatib qo‘yish kabi. Ijaraga bergan pul nisobga etsa zakot chiqariladi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 02:28 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar