O‘g‘ilga atab qo‘y so‘yish

Assalomu alaykum! Allohga shukr biz yaqinda o‘g‘il farzandlik bo‘ldik. Uydigilar o‘g‘lim tug‘ilgan kunning ikkinchi kuni qo‘y so‘yishdi. Xech qanday exson yoki aqiqa qilinmadi. Savolim shundan iboratki qo‘y so‘yilsa bo‘ldimi yoki o‘g‘il bolaga atab biron bir exson qilish kerakmi? Bu masalada ota-onani oldida qanday vazifa bor? Albatta chiroyli tarbiya berish bilan birga.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ehson shart emas. O‘g‘limiz tarafidan deb so‘yilgan bo‘lsa bo‘ldi. Hozirgi qassoblar ham farzand uchun so‘yilayotganida aqiyqa uchunligini bilishadi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:16 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar