Kaltakesak tushgan idish

Assalomu alaykum! Biz qishloqda istiqomat qilamiz. Kir yuvadigan mashinamiz tashqarida ya’ni ochiq joyda turadi, kir yuvadigan mashinani qopqog‘i yopilmay ochiq qolgan paytda ichiga kaltakesak tushib qolibdi, uni poklash uchun necha marta yuvib tashlash kerak, ishlatgani ko‘nglim chopmayapti! Kaltakesak tushgan idish nopok hisoblanadimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom bo‘lmaydi. Chunki kaltakesaklarda oquchi qon yo‘q. Xuddi pashsha yoki chivin kabi narsa tushib o‘lib qolgandek bo‘ladi. Ular haqida esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ularni bir sho‘ng‘itib taomingizni eyaveringlar” deganlar. “Kifoya” kitobidan: وَسُؤْرُ الْآدَمِيِّ وَالْفَرَسِ وَكُلِّ مَأْكُولٍ طَاهِرٌ وَسِبَاعِ الْبَهَائِمِ نَجِسٌ وَالْهِرَّةِ وَالدَّجَاجَةِ الْمُخَلَّاةِ وَسِبَاعِ الطَّيْرِ وَسَوَاكِنِ الْبُيُوتِ مَكْرُوهٌ وَالْحِمَارِ وَالْبَغْلِ مَشْكُوكٌ
يَتَوَضَّأُ بِهِ وَيَتَيَمَّمُ إِنْ عَدِمَ غَيْرَهُ، وَالْعَرَقُ كَالسُّؤْرِ
 Odamdan, otdan va har bir go‘shtini eb bo‘ladigandan ortib qolgan suv pokdir.
Yirtqich hayvonlarniki najasdir.
Mushuk, qo‘yib yuborilgan tovuq, yirtqich qushlar va uylardan maskan oladigan sichqon, kaltakesak kabi hayvonlarniki makruhdir.
Eshak va xachirniki shaklidir. 
(Tahorat oluvchi) undan boshqasini topa olmasa, undan tahorat qilib, keyin tayammum ham qiladi.
Ter ham ortgan suvga o‘xshaydi.
Qo‘yib yuborilgan tovuq najosatli narsalarni eydi. Bunga yovvoyilashib ketib, najosatlarni eyishga odatlangan sigir va tuyalar ham qo‘shiladi. Mazkur narsalar, yirtqich qushlar va mushuk, sichqon, ilon kabi uylarda uchrab turadigan hayvonlardan ortgan suv makruhdir. Boshqa suv bo‘lmagan holatdagina bularni ishlatsa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:19 | Savol-javoblar | 206 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar