Otam Robbimga kerak ekan olib ketdi

Assalomu alaykum! Yaqinda Otam olamdan o‘tilar insult buldilar. Shuncha yildan beri birinchi marta Otam ruzaning 1kunidan namoz ukishdi boshladilar. Otamga va Onamlardi namoz ukishlariga sababchi bulganman. Ruzada davleniya baland buldi 2 oy bir joyda ëtib koldilar. Ugil farzantlari yuk 2ta kizlari bor. Otamga rossayam yaxshi karadik, lecheniya kildik dardlariga shifo topishga xarakat kildik Robbimga kerak ekanlar obketi. Uzim oldindan dinga kattik kirishganman. Otam uchun Kuron baxshida kildim, zikr, xavl namozi, , salovat, sadaka kilyapam. Lekin Otamdi tushimda kurishni axvolarini bilishdi xoxlar edim. Ertayu kech Robbimdan zora kilyapam xolatlarini bilay menga ayënkilgin deb. Aziz xurmatli Ustoz menga ërdam bervoring xalovatim yuk yana nima kilsam buladi. Otamdan xavotir olyapam. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo otangizni Robbimga kerak ekan deyishingiz noto‘g‘ri e’tiqod. Alloh hamma narsadan behojat Zot. Xalqimizda shu gap yuradi, lekin bu buzuq e’tiqod. Buni to‘g‘rilashimiz kerak. Siz aytgan havl namozi ham yo‘q. Siz ahvolini bilishga qiziqmang, mabodo Alloh saqlasin do‘zaxda desa hayotingiz tatimaydi, oxirgi nafasingizgacha azobda o‘tasiz. Undan ko‘ra yaxshi amallarda bardavom bo‘lib, Allohdan mag‘firat qilishini so‘rang. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : إن الرجل لترفع درجته في الجنة فيقول: أنى لي هذا؟ فيقال: باستغفار ولدك لك صحيح الجامع Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kishining jannatda darajasi ko‘tarilib qo‘yiladi. Shunda u bu men uchun qaerdan hosil bo‘ldi? – deydi. Farzanding seni haqqinga istig‘for aytgani uchundir – deyiladi”. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:26 | Savol-javoblar | 163 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar