Aptekada halollik
Assalomu alaykum! Bizni aptekamiz bor, kapsula dori shakli juda keng tarqalgan, kapsulalar jelatindan tayyorlanadi. O‘zbekistonda jelatin ishlab chiqarilmaydi, bilishimcha asosan Xitoydan olinadi kapsulalar va jelatin, shuningdek Amerika va boshqa kufr keng tarqagan davlatlarni kapsula dorilari xam bor savdoda, Misr va boshqa Islomiy davlatlar kapsulalairyam bor savdoda, shuningdek Xalol deb yozilgan kapsulalarham bor. Dorilarni yana qandey tayyorlanishiniham toliq surishtirish imkoni ham yoq. Shu kapsularni sotish xukmini bilmoqchiman. Javobingiz uchun rahmat oldindan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sotish joiz. Chunki shariatda “Iste’moli qilish joiz o‘rni bo‘lgan narsaning savdosi ham joiz” deyilgan. U dorilardan esa majbur bo‘lgan holatda iste’molini shariatimiz ruxsat bergan. Shunday bo‘lsada halol deyilganlaridan tavsiya qilish harakatida bo‘linglar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:51 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom