Kar soqovlar uchun namoz

Assalomu alaykum! Meni bir kar-soqov jiyanim bor u meni namoz o‘qiganimni ko‘rib menga ham o‘rgating dedi. Shunday insonlar namozni xuddi bizlardek o‘qishadimi? Agar boshqacha bo‘lsa bu xaqida malumot bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularning namozida farq bor. Kar-soqov bo‘lganlari uchun, namozga niyatni qalblari bilan qilishadi. Qolgan qiroat va duolarni o‘qishlariga imkon bo‘lmagani uchun o‘qimaydilar. Shuning uchun bunday kishilarni ularga mas’ul bo‘lganlar kichik bo‘lgan vaqtlaridan tahorat, namoz kabi ibodatlarga amaliy qismlarini o‘rgatishlari, ularni masjidda namoz o‘qishga ko‘niktirishlari zarur bo‘ladi. Masjidda jamoat bilan namoz o‘qisalar, namozlari uchun niyatning o‘zi kifoya qiladi. Siz ham jiyaningizga shularni o‘rgating. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:20 | Savol-javoblar | 177 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar