Farzand
Assalomu alaykum! Men bir ayolni ikkinchi hotin qilib olmoqchiman u bundan oldin 3ta erga tegib hammasidan ajrashgan ekan oxirigi yashagani bilan 1 oy birga yashabdi hozir undan Homilador ekan 2 oylik. Mayli ular bilan nikoh qilib yashaganu deb buni o‘ylamiman deyapman, tug‘ilajak farzandini esa harqancha o‘zimga o‘zim mayli qabul qilaman etimni boshini silaganni savobini olaman desam ham ba’zida o‘sha ayolga bolani oldirsan keyin mayli senga uylanaman deb aytaman degan narsa aqlimdan ketmayapti, nima qilsam bo‘ladi shu vaziyatda Alloh va Rosulini roziligini topish uchun.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo u bilan bu mavzuda gaplashishingiz ham iddasi chiqmasdan turib nikohingizga olishingiz harom bo‘ladi. Chunki homiladorning iddasi bolasin tuqqunicha bo‘ladi. Siz zinoni eshigini ochmasdan Allohdan qo‘rqing. Aloqalarni iddasi chiqqunicha uzing. Bolasini oldir deyishingiz haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Bu ishni qilsangiz odam o‘ldirganning gunohini zimmangizga olgan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 06:20 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar