Kafolat (garantiya) berish
Assalomu alaykum! Biz avtomobillarga extiyot qismlarini Xitoydan olib kelib sotamiz. Xaridorlar kafolat so‘rashganida biz ustaga ko‘rsating yoqsa qo‘ysin yoqmasa qaytarib olib kelsangiz pulingizni qaytaramiz deb shartlashamiz. Shu holatda qanday yo‘l tutish lozim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir vaqtlar hozirgi kunda butun dunyoda tarqalgan “garantiya” sharti yangi chiqqanida ulamolarimiz “bu moldan tashqari evazsiz shart. Shuning uchun bay’ni buzadi” deganlar.
Bay’ taqozo qilmagan shart tufayli bay’ni fosid bo‘lishini illati nima ekanligida fuqaholar ixtilof qilganlar. Imom Kosoniy “Bu kabi shartlar tufayli bay’ni fosid bo‘lishiga sabab, u shartlar riboni o‘z ichiga olgani uchundir. Bunday bo‘lishi aqdda evazsiz bir manfaatni shart qilinadi” deganlar. Masalan: bir kishi 10 so‘mga 1 kilo olma sotib olmoqchi bo‘lsa va sotuvchi bilan shunga kelishsa shu vaqtda boshqa bir dona anor ham qo‘shib berish sharti bilan olaman desa 10 so‘m 1 kilo olmaning evazi bo‘ladi, anor esa evazsiz olingan bo‘ladi. Shuning uchun bu bay’ fosid bo‘ladi.
Ibn Obidin rahmatullohi alayh esa “Bu shartlarning fosid shart ekanligi ular janjalga olib boradi. Shuning uchun urfga kirgan shartlar joiz, chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bay’da shart qo‘yishlikdan qaytarishlari o‘rtada janjal chiqishini oldini olish uchun bo‘lgan. Urf esa o‘sha janjalni yo‘q qiladi. Shu bilan urf hadisdan ko‘zlangan maqsadga muvofiq bo‘ladi” deganlar. Ibn Obidin rahmatullohi alayhning gaplari ikki jihatdan kuchliroq.
Birinchisi hanafiy ulamolari urfga kirib ketgan shartlarga urfning hukmi bilan ijozat berganlar. Go‘yoki xalqni endi bu urf odatdan sug‘irib olishni ilojisi qolmadi. Agar shart qo‘yishni illati riboni o‘z ichiga olgani uchun bo‘lganida har qancha urfga kirmasin bu shartga ijozat berishmagan bo‘lar edi. Chunki ribo urf odat bilan halol bo‘lib qolmaydi.
Ikkinchi ish. Sotiladigan moldan tashqari beriladigan barcha ortiqcha narsa ribo bo‘laverishi ham ochiq-oydin ish emas. Chunki o‘sha shart qilingan ortiqcha narsa kelishilgan pulni bir juzi evaziga bo‘lib, sotiladigan molning bir bo‘lagiga aylanadi. Masalan yuqoridagi misolni olsak 10 so‘m pul 1 kilo olma va 1 dona anorning narxi deb olinadi. To‘g‘ri, bu erda bir savdoda ikki savdo qilganga to‘g‘ri kelib qoladi. 10 so‘mdan anorning narxi qancha, olmaning narxi qanchaligi aniq bo‘lmay qoladi. Bu janjalga olib borishi mumkin, ammo o‘sha shart urfga aylanib ketsa urf o‘shandek bitmni joiz bo‘lishiga hukm qilaveradi. Masalan avvalda ham bir poy oyoq kiyimni sotib olgan odam narigi poyini ham tikib berasan deb shart qilishgan. Keyinchalik ipsiz sotilayotgan tuflilarga ip ham qadab berasan degan shartni qo‘yishgan. “Fatavoi Bazzoziya” kitobida “Eski kiyim sotib olgan odam sotuvchiga yirtig‘ini yamab berishni shart qilib sotib olsa durust” deyilgan. Hozirgi kunimizda bunaqangi shartlar nihoyatda ko‘payib ketdi. Qanday maishiy texnika sotib olsangiz yonida garantiya(buzilsa tekinga tuzatib berish) sharti ham qo‘yiladi. Butun dunyoda bu shart keng tarqalgani uchun fuqaholarimiz ham shu shart bilan savdo qilish joiz deganlar. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 12:56 | Savol-javoblar | 134 | Moliya va tijorat