To‘laroq insonning taxorati

Assalomu alaykum! To‘laroq inson taxorat olishga qiynalsa ya’ni oyoqni yuvishda, shu insonga qanday engillik bor?  Har namozga g‘usl qilishi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jinsiy a’zolarni toqati etganicha yuvadi. Qo‘lga qo‘shimcha uzaytirilgan narsa olib latta bilan tozalasa ham bo‘ladi. oyoqni ishaqalash shart emas, ustidan suv quyib hamma joyiga suv etkazsa ham bo‘ladi. Ikki idishga oyog‘ini oshig‘igacha botadigan suv quyib ikki oyog‘ini alohida-alohida idishlarga botirsa ham oyoq yuvilgan bo‘laveradi. Agar ikki oyoqni ham bir idishga birin-ketin solinsa birinchisidan qolgan suv obi musta’amal bo‘lib ikkinchi oyoqni poklashga kifoya qilmaydi. Yaxshisi ikki idish qilib birini boshqa idishga ikkinchisini boshqa idishga solinsa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:21 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar