Ta’limni tark etishimni aytishadi

Assalomu alaykum! Men medkolledjda taxsil olayotkanimga 3 yil bo‘lyapti 2 yildan beri menga o‘qishtan chiq sen bu o‘qishing bilan gunox qilyapsan seni ko‘chaga chiqishingni o‘zi gunox. Shariatimizda qizlardi ko‘chaga chiqishi mumkunmas degan gaplarni eshitaman. O‘qishim meni Qur’ondan yo nomozdan qoldirayotkani yo‘q, xamasini o‘z vaqtida bajarishka xarakat qilaman. O‘qishim nomozimdan to‘sib qo‘ymayapti. O‘qishtan chiqe desam onajonim shuncha yil qiynalib o‘qitganla, bir o‘zlari ishledila. Mendan ranjishlaridan qo‘rqaman. Menga maslaxat bering bunde xolatda men nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu kabi gapni dinni va ilm fanni dushmanlari o‘ylab topishadi. Ular o‘zlari ham ilmsiz bo‘lishadi qolganlarni ham o‘zidek bo‘lishin xohlashadi. Siz e’tibor bermang, shariat doirasida o‘qishga qatnab, shu ilmni zo‘r o‘qib, sohani mutaxassisi bo‘ling va xalqingizga manfaati tegadigan kadrlardan bo‘ling. Sizdek muslima shifokorlarga jamiyat muhtoj. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 06:21 | Savol-javoblar | 173 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar