"O‘zingizni islox qilmagunizcha" oyati qaysi suradi
Assalomu alaykum! Qur’onda "O‘zingizni islox qilmagunizcha Alloh atrofizi isloh qilmaydi" degan manoda oyat bor ekan. Shu qaysi oyatligini aytib berolasizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu oyati karima “Ro’d” 11-oyatida keladi. لَهُ مُعَقِّبَاتٌ مِّن بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِ يَحْفَظُونَهُ مِنْ أَمْرِ اللّهِ إِنَّ اللّهَ لاَ يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّى يُغَيِّرُواْ مَا بِأَنْفُسِهِمْ وَإِذَا أَرَادَ اللّهُ بِقَوْمٍ سُوءًا فَلاَ مَرَدَّ لَهُ وَمَا لَهُم مِّن دُونِهِ مِن وَالٍ 11. Uning oldida ham, ortida ham ta’qib qiluvchilar bor. Uni Allohning amri ila muhofaza qilib tururlar. Albatta, Alloh bir qavmdagi narsani, toki ular o‘zlaridagi narsani o‘zgartirmagunlaricha, o‘zgartirmas. Agar Alloh biror qavm¬ga yomonlikni iroda qilsa, bas, uni qaytarib bo‘lmaydi va ular uchun Undan o‘zga valiy ham yo‘q.
Avvalgi oyatda vasf qilingan shaxsning, ya’ni har bir odam bolasining
«oldida ham, ortida ham ta’qib qiluvchilar bor».
Ya’ni uning har tarafida kuzatib yuruvchi farishtalar mavjud. Ushbu farishtalar haqida imom Buxoriy rahmatullohi alayhi rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Ular sizlar uchun almashib, ketma-ket kelib turadilar. Kechasi bir xil farishtalar, kunduzi bir xil farishtalar keladi. Ular Bomdod va Asr namozida jam bo‘ladilar. Allohning huzuriga siz bilan tunni o‘tkazuvchilar ko‘tarilganlarida, ulardan, O‘zi sizlarning holingizni juda yaxshi bilsa ham:
– Bandalarimni qaysi holda tark qildingiz? – deb so‘raydi. Farishtalar:
– Ularning huzuriga borganimizda, namoz o‘qishayotgan ekan, ularni tark qilganimizda ham namoz o‘qishayotgan edi, – deyishadi», – deganlar».
Boshqa bir hadisda esa:
«Albatta, siz bilan birga, sizni xalo va jimo’ paytidan boshqa vaqtda tark etmaydigan zotlar bor. Bas, ulardan hayo qilinglar va ularni hurmat etinglar», – deyilgan.
Mazkur farishtalarning vazifalarini oyati karimaning keyingi jumlasi bayon qiladi:
«Uni Allohning amri ila muhofaza qilib tururlar».
Ya’ni o‘sha farishtalar u bandani Allohning amri ila muhofaza qilib tururlar. Ushbu oyatdagi «muhofaza» so‘zi «saqlash» va «yodlab – eslab qolish» degan ma’nolarni bildiradi. Bandaga biriktirilgan farishtalar ushbu ikki ishni bajaradilar. Ya’ni bandani turli yomonliklardan saqlab turadilar hamda qilayotgan amallarini yozib, yodda saqlab boradilar.
Ushbu oyat va hadislarga hamda shu ma’nodagi yana boshqa hujjatlarga suyangan holda, ulamolarimiz quyidagilarni ta’kidlaydilar:
Bandani turli hodisa va yomonliklardan himoya etish uchun farishtalar navbat bilan qo‘riqchilik qiladilar. Shuningdek, uning amallarini yozib borish uchun ham kechayu kunduz ma’lum farishtalar almashib turadilar. Ikkitasi o‘ng va chap tarafda turadi: o‘ng tarafda turgan farishta yaxshi amallarni, chap tarafda turgani gunoh amallarini yozib boradi. Yana ikki farishta old va orqa tarafdan uni qo‘rib turadilar. Demak, banda doimo to‘rt farishtaning o‘rtasida yuradi. Ular kunduzi va kechasi almashib turishadi.
Alloh, O‘zi yuqorida zikr qilganidek, hamma narsalarni, hatto bandalar uchun o‘ta maxfiy bo‘lgan holatlarni ham juda aniqlik ila bilib turishiga qaramay, har bir bandaga to‘rttadan farishtani biriktirib qo‘ygandir. Ulardan ikkitasi bandaning har bir qilgan amalini o‘sha vaqtning o‘zidayoq yozib qo‘yadi. Bu har bir bandaga katta mas’uliyat yuklaydi. Farishtalardan ikkitasining bandani qo‘riqlab turishi esa Alloh uni mukarram qilganini ko‘rsatadi. Demak, har bir inson o‘sha ikromga loyiq bo‘lib, o‘sha mas’uliyatni his etmog‘i kerak. O‘zini o‘nglashga, tuzatishga, Allohning roziligini qozontiradigan amallarni bajarishga urinishi lozim. Chunki
«Albatta, Alloh bir qavmdagi narsani, toki ular o‘zlaridagi narsani o‘zgartirmagunlaricha, o‘zgartirmas».
Ya’ni banda bir yaxshilikka erishmoqchi bo‘lsa, o‘sha yaxshilikka etaklaydigan xislatlarni o‘zida mujassam etishi va unga erishish uchun urinishi lozim. Ana shundagina Alloh uning ishida yaxshi tomonga o‘zgarish hosil qiladi. Shuningdek, bandaning o‘zidan o‘tmasa, Alloh unga yomonlikni ravo ko‘rmaydi:
«Agar Alloh biror qavmga yomonlikni iroda qilsa, bas, uni qaytarib bo‘lmaydi va ular uchun Undan o‘zga valiy ham yo‘q».
G‘amxo‘r do‘sti ham yo‘qki, biror chora ko‘rsa. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
5 May 2022, 18:46 | Savol-javoblar | 151 | Qur’oni karim