Burunni plastik operatsiya qildirish
Assalomu alaykum! Men burnimni rinoplastika qildirmoqchiman, sababi burnim juda xunuk va beso‘naqay bundan juda-juda uyalaman. Shifo uchun bunday qilish shar’an mumkin deb o‘qidim. Burnimni xunukligini sababi 7-8 yosh paytimda velosipedda qattiq avariya bo‘lganman akam bilan, oldi qator tepadagi 4ta tishim singan o‘shanda, burnim ham shikastlanganiga ishonchim komil chunki avval burnim bunchalik hunuk to‘mtayib ketmagan edi. Burnim ko‘p bitb qoladi, suyagida bazan og‘riq sezaman. Shularni onamga aytsam otangni ajdodida bor shunaqa burun, shuning uchun seniki ham shunaqa, tegma burningga deyaptilar. Ammo bu nasliy emas, avariyani oqibati bo‘lsa kerak. Afsus o‘sha vaqtni burnimni holati aniq eslay olmayapman, onamni ham esida yo‘q emish. Iltimos maslahat bering agar rinoplastika qildrsam gunoh bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biz bir qoidani bilamiz. Shariatda aybni ketkazish joiz, ammo bor chiroyni yanada chiroyli qilish joiz emas. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 178 | Tabobat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biz bir qoidani bilamiz. Shariatda aybni ketkazish joiz, ammo bor chiroyni yanada chiroyli qilish joiz emas. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 178 | Tabobat