Bergan zakot va ehsonlarni yozib yurish

Assalomu alaykum! Men birovga bergan Zakot yoki ehsonimni yon daftarimga yozib borsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zakotingizni to‘liq ado bo‘lgan yoki bo‘lmaganini bilishingiz uchun yozishingiz mumkin. Ehsonni yozmang. عَنْ أَسْمَاءَ رَضِي اللهُ عَنْها قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : انْفَحِي - أَوِ انْضَحِي أَوْ أَنْفِقِي - وَلَا تُحْصِي، فَيُحْصِيَ اللهُ عَلَيْكِ، وَلَا تُوعِي فَيُوعِيَ اللهُ عَلَيْكِ Asmo roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ato etaver [yoki oz­oz beraver yoki infoq qilaver], sanab o‘tirma, yana Alloh ham senga sanab bermasin. Ushlab ham qolma, yana Alloh ham sendan ushlab qolmasin», dedilar».
Imom Muslim rivoyati. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 13:09 | Savol-javoblar | 142 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar