Qirot va namoz haqida

Assalomu alaykum! Namozda zam sura uchun Yasin yoki uzunroq surani boshlab, uni bo‘lib-bo‘lib to‘rt rakatda ham zam qilib o‘qib tugatsam bo‘ladimi?
2). Ayollar ham namozni qiroat qilib o‘qishi kerakmi? Agar qiroat qoidalarini bilmay noto‘g‘ri o‘qib qo‘yishdan qurqib oddiy talaffuz qilsa ham bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bo‘ladi. 2). Siz qiroat deganda, maxfiy namozda o‘zi eshitadigan darajada maxfiy qilib tajvid bilan Qur’on o‘qishni, jahriy namozlarda yonidagi ham eshitadigan darajada tajvid bilan Qur’on o‘qishni tushunishingiz kerak. Qiroat namozning farzlaridan biridir. Ayollar qiroatni maxfiy, ya’ni o‘zlari eshitadigan darajada qiladilar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:35 | Savol-javoblar | 166 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar