Otasi bo‘lmagan odamni otam deyish
Assalomu alaykum! Ustozlar bu xadis sahihmi? Bizni yaqin do‘stimiz o‘z otasi bo‘lmagan, ya’ni onasi boshqa erga turmushga chiqqanlar. O‘sha kishini ota, adajon deb chaqiradi va otam deb tanishtiradi. Hadisda “Kim bila turib o‘z otasidan boshqasini otam deb da’vo qilsa, kofir (ne’matga kofir) bo‘libdi" deyilmoqda. Rostanam kofir qiladigan so‘zmi bu?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Nasabni da’vo qilmasdan shunday deb chaqirishini zarari yo‘q. Dinimiz nasabni qattiq ximoya qilgan. Hatto boqib katta qilsa ham “Men shu odamning nasabidanman” deyishga haqqi yo‘q. U erdagi kofirdan murod dindan chiqaruvchi emas, balki nonko‘rlik ma’nosidadir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:58 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar