Dinsizlarning savoliga munosabat
Assalomu alaykum! Ateistlar ko‘pincha musulmonlarga har xil savollar bilan murojaat qilishadi. Ko‘pchilik savollarga musulmonlar etarlicha qilib javob ham berishadi lekin yaqinda bir saytdan quyidagi savolni ko‘rib qoldim. Unda ateistlar aytadi: "Alloh O‘ziga o‘xshash iloh yarata oladimi?". Shuni o‘qigan zahotim qanaqa bema’ni savol bo‘ldi bu dedim va yo‘q dedim. Bu yo‘q deyishim Allohdan O‘zga iloh yo‘q degan ma’noda edi. Shu bilan birga ichimda "Alloh har bir narsaga qodir" dedim. Allohdan O‘zga iloh yo‘q deyish bu Islomdagi tavhid kalimasi. Alloh har bir narsaga qodirligi esa Qur’oni Karimda juda ko‘p o‘rinlarda zikr qilingan. Darrov istig‘for aytdim va "La ilaaha illallohu Muhammadur Rosululloh" kalimalarini aytdim. Qalbimga dindan chiqmadimmi degan g‘ulg‘ula tushdi va bu shaytondan deb bildim chunki shayton har bir iymoni bor qalbga hujum qilib turishi ma’lum. Ya’ni vasvasa bilan. Ayniqsa g‘aflatda yurgan paytlarim shayton menga yaqinlashmaydi-da zikr va istig‘forlarni ko‘paytirib, ilm olishni kuchaytirgan paytlarim darrov hujumga o‘tadi. Bu kurashda alhamdulillah Allohning tavfiqi bilan shaytonni daf qila olayabman. Men alhamdulillah shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning kitoblarini tartib bilan o‘qib kelayabman. Saytingizni doimiy kuzataman. Qalbimda alhamdulillah Islomda zarracha shubha yo‘q lekin ateistlar bilan munozarada aynan tepada zikr qilgan savollariga ularning mezonida qanday javob bersa bo‘ladi? Ateistlar Alloh borligiga-yu, Qur’oni Karimga umuman iymon keltirishmaydi. Ularga boshqacha ya’ni o‘zlarini mantig‘i bilan raddiya berish kerak. Ahmad Diydot rohimahulloh va Zokir Naik hafizahullohlarning videolarida aynan shu savolni eshitmaganman. 1. Men dindan chiqib qolmadimmi? Haqiqatda bu shaytonning meni noumid qilishi uchun qilayotgan vasvasasimi? 2. Tepadagi savolga qanday javob bersak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ateistlar ham iymon keltiradi, lekin ularning cho‘ntagiga tiqib turilgan mablag‘lar ularni tilidan boshqa narsani chiqaradi. Buni ajablanadigan joyi yo‘q, chunki o‘zini musulmonman deganlar ham ba’zi bir narsalar uchun dinini sotib yuborishmoqdaku. Sizni dindan chiqdi deb bo‘lmaydi, bu kabilar bilan baxslashmang. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 151 | Ta’lim va muta’allim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ateistlar ham iymon keltiradi, lekin ularning cho‘ntagiga tiqib turilgan mablag‘lar ularni tilidan boshqa narsani chiqaradi. Buni ajablanadigan joyi yo‘q, chunki o‘zini musulmonman deganlar ham ba’zi bir narsalar uchun dinini sotib yuborishmoqdaku. Sizni dindan chiqdi deb bo‘lmaydi, bu kabilar bilan baxslashmang. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 151 | Ta’lim va muta’allim