Ayol kishi ot minishi

Assalomu alaykum! Islom dinida ayol kishiga ot minish taqiqlangan emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Taqiqlangan emas. Xalq orasidagi “egarga mingan ayollarga Allohning la’nati bo‘lsin” degan hadisni Mulla Aliy al-Qoriy “Mavzu’ot” degan kitobida “to‘qima” deganlar. Inson tabiatida kim nima bilan ko‘proq shug‘ullansa o‘sha narsa uning tabiatiga urishi bor. Hozirgi kundagi ayollarni mashina xaydashida ham mashinaning ayol tabiatiga ta’siri katta. Mashina erkaklardek boshqarishni, odamlarga erkaklardek muomala qilishni ko‘chadagi muomalalarini erkakcha qilishni taqozo qiladi. Oqibatda eri va oila a’zolariga ham erkaklardek muomala qilishiga oli borib qo‘yadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning boshqa bir hadislarida: عن أبي هريرة قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم خير نساء ركبن الإبل قال أحدهما صالح نساء قريش وقال الآخر نساء قريش أحناه على يتيم في صغره وأرعاه على زوج في ذات يده حدثنا عمرو الناقد حدثنا سفيان عن أبي الزناد عن الأعرج عن أبي هريرة يبلغ به النبي صلى الله عليه وسلم وابن طاوس عن أبيه يبلغ به النبي صلى الله عليه وسلم بمثله غير أنه قال أرعاه على ولد في صغره ولم يقل يتيم Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Tuya mingan ayollarning eng yaxshisi Qurayshning soliha ayollaridir. Bolaga kichikligida shafqatliroqdir. Erining qo‘lidagi narsaga muhofazakordir», dedilar». Muslim rivoyati. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 07:10 | Savol-javoblar | 201 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar