Ayol kishining tijorat qilishi mumkinmi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Hazrat mohi ramazon ayyomi qutlug‘ bo‘lsin, ushbu ramazon oyiga sizu bizni keyingi yil ham guvoh bo‘lishimizni nasib etsin. Hazrat 2-guruh nogironman. Shu sabab, ayolim hozirda hamshiralikda ishlaydi. Hazrat, ayolim mendan bir masalada ruxsat so‘ramoqda. U bozorga borib, kiyim kechak olib kelib ishxonasida sotishga ruxsat so‘ramoqda. Men: “Mayli shoshmay tur, Shayx Hazratlaridan so‘rayman, javoblariga qarab ish tutamiz, bo‘ladi desalar o‘zim ham uncha-muncha qo‘ldan kelganicha yordam beraman” deb javob berdim. Biz shu ishni qilsak bo‘ladimi? Oldindan kattadan katta rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bo‘ladi.

26 May 2022, 19:29 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar