Allohning roziligi
Assalomu alaykum! Meni tilimga oson kalima o‘rgatinglarki, uni doimo aytib yursamu Alloh kulsa. Men endi doimo Allohni kuldirib yurmoqchiman...
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Allohni kuldirmoqchiman degan e’tiqod noto‘g‘ri. Alloh rozi bo‘ladigan amal qilmoqchiman desangiz to‘g‘ri. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: كَلِمَتَانِ خَفِيفَتَانِ عَلَى اللِّسَانِ، ثَقِيلَتَانِ فِي الْمِيزَانِ، حَبِيبَتَانِ إِلَى الرَّحْمَنِ: سُبْحَانَ اللهِ وَبِحَمْدِهِ سُبْحَانَ اللهِ الْعَظِيمِ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ikki so‘z tilga engil, tarozida og‘ir, Rohmanga suyuklidir: «Subhanallohi va bihamdihi», «Subhanallohil aziym», dedilar».
Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Ha, «Subhanallohi va bihamdihi», «Subhanallohil azim»ni aytish tilga juda ham engildir, osondir. Ammo tilga juda engil bo‘lgan bu so‘zlarning qiyomat kuni bandaning amallarini tortadigan tarozidagi vaznlari juda ham og‘irdir.
Bu dunyoda ushbu so‘zlarni savob umidida, niyat va ixlos ila aytib yurgan banda u dunyoda katta baxtga sazovor bo‘lishi turgan gapdir, chunki u Alloh taologa suyukli bo‘lgan so‘zlarni aytib yurgan.
Bas, shunday ekan, «Subhanallohi va bihamdihi», «Subhanallohil azim»ni ko‘proq aytishga odatlanaylik. ("Hadis va Hayot" kitobidan).
Albatta bu farzlarni to‘liq ado sidan keyingi o‘rinda turadi. Shuni o‘zini qilib najot topaman deb o‘ylamang. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 07:26 | Savol-javoblar | 163 | Ibodatlar