Allohning sifatlari haqida
Hurmatli ustoz, Alloh qilayotgan hayrli ishlariz uchun Uz fazli ila mukofotlasin, umrizi uzoq qilsin va biz talabalarizga ham siz yurgan yuldan yurish nasib etsin!Hozirgi paytda G‘arb olamida turli aqida va ishonchga ega musulmonlar aralashib ketgan. Ular bilan bir joyda yashab, muomala qilganimizdan sung, istamasak ham ihtilofli mavzular bazi hollarda ochilishi tabiiy. Siz aziz ustozimizga bermqochi bulgan savolim, ihtilof qilish yoki bilib olib talashish maqsadida emas, balki tug‘ri yulni yahshiroq tanib olish maqsadidadir.1. "Sunniy Aqidalar" nomli kitobiz g‘ariblikda yurgan uzbek musulmonlari uchun ne‘mat desam bulaveradi. Shu kitobning 14 betida Muhammad Abu Zahraning Imom Abulhasan al - Ash‘ariy haqlarida quyidagi gaplari keltirilgan:"Tashbihga oid oyatlarning zohirini - sirtqi ma‘nosini olgan. Ammo tashbihga utmagan. U Alloh taoloning bandalarning yuziga uhshamagan yuzi va U zotning mahluqotlarning quliga uhshamagan quli borligiga e‘tiqod qilgan".Kitobning usha betida Imom Ash‘ariy "Al - Lama" kitobida (umrlarining nisbatan ohirigi yillarida) ta‘wil yulini tutganlar izidan borganlar deyilgan. Yuqoridagi ikki holatni qanday tushunishimiz lozim? Bilishimcha, yuqoridagi kabi zohiriy qarash hozirgi "Salafi" birodarlarning qarashidir va aynan shu sabab ular Ash‘ariy aqidasini ta‘wil yulini tutgani uchun tanqid qilmoqdalar. 2. Hozirgi "Salafi" birodarlarning "Allohning bandaga uhshamagan quli, kuzi.. bor" deb e‘tiqod qilishlari oldingi salaf ulamolarimizning e‘tiqodidan nimasi ila farq qiladi? Oldingi salaf ulamolarimiz Allohning sifatlari haqidagi oyat va hadislardagi bor narsani uzicha qabul qilib, boshqa narsaga utishmagani bu degani oyat va hadislarining zohirini olish deganimi yoki bosh ma‘no bormi? Iltimos tushuntirib bersangiz.3. Oldingi salaf ulamolar bor narsani uzicha qabul qilishganligini bildik. Halaf ulamolar esa vaziyat taqozosi ila arab tilining nozik uslublarini qullab va asosiysi diniy ta‘limotlar asosida Allohning sifatlari haqidagi oyat hadislarni uziga hos ta‘wil qilganlarini ham uqidik. Ustoz, halaf ulamolarning ta‘wil qilishda suyangan diniy ta‘limotlarini biz ojiz talabalarning saviyasiga tushunarli va etarli holatda biroz ochiqlab bera olasizmi?4. Siz turli halqaro islomiy anjumarlarda qatnashib turasiz va turli Davatlardan kelgan wakillar ila suhbatlashasiz. Bunday anjumanlarga "salafi" birodarlarning "ustozlari" ham tashrif buyurishi tabiiy. Shunday katta anjumanlarda Ahli Sunna Wal Jamoaning sof aqidasini yuqoridagi kabi turli qarashlardan tozalashga qaratilgan harakatlar bulmoqdami?JazakAllahu khayr,
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1.- Yuqoridagi ikki holatni vaziyatdan kelib chiqib tutilgan yo‘l deb tushunish kerak. Avval ta’viyl qilmasa ham barcha tushunib, tan olgan. Boshqa diynlar vakillari ham musulmon bo‘lganidan keyin ularga o‘z uslubida tushuntirish kerak bo‘lib qolgan. Bu gap “Sunniy aqiydalar”da aytib o‘tilgan.- Salafiy birodarlaringiz haqidagi mulog‘azalaringiz to‘g‘ri. 2. - Oldingi ulamolar bu boradagi oyat va hadislarning barcha ma’nosini Allohning O‘ziga havola qilamiz deganlar. Birodarlaringiz, Allohning qo‘li va ko‘zi bor, qolganini havola qilamiz, deyishadi. Oradagi farq shu.3. Bu ma’no “Sunniy aqiydalar”da aytib o‘tilgan.4. Albatta, bu kabi anjumanlar bo‘lib turadi. Ulardan biri haqida sizga qisaqacha ma’lumot berishga ijozat bergaysiz. Bu ma’lumotda siz “salafiy” deb nomlaganlar “Zohiriy” atamasi ila tilga olingan.1426 hijriy sana, 27-29- Jumadul Uulaa (2005 yil iyul oyining 4-6) kunlarida Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi davlatida «Islom haqiyqati va Uning hozirgi dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rni» shiori ostida ilmiy anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi qiroli maxsus elchi yuborib bugungi kunning eng ko‘zga ko‘ringan muassasa va olimlaridan o‘n beshtasidan «aqiydaviy, fiqhiy va sulukiy mazhabdagi kishilarni mazhabi va fikri boshqa bo‘lgani uchun kofir deyish mumkinmi» deb so‘ralgan. So‘ralganlarning barchasi bir ovozdan «mumkin emas» deb javob berganlar va o‘z hujjat va dalillarini keltirganlar.So‘ralganlar ichida hozirgi kunda amalda bo‘lib turgan sakkiz islomiy mazhab ulug‘lari bo‘lganlar. Ular ahli sunna val jamoaning hanafiy, molikiy, shofetsiy va hanbaliy mazhablari. Ahli shiy’aning ja’fariy mazhabi. Shuningdek, zaydiy, aboziy va zohiriy mazhablaridir.Mazkur hujjatda ta’kidlanishicha, Ahli sunna va jamoaning to‘rt mazhabi: hanafiy, molikiy, shofe’iy, hanbaliy, shuningdek, ja’fariy, zaydiy, aboziy va zohiriy mazhablarga ergashuvchi har bir shaxs musulmondir. Uni kofir deyish joiz emas. Uning qoni, moli va obro‘si haromdir. Dunyoning qirqdan ortiq mamlakatlaridan kelgan bir yuz saksondan ortiq ko‘zga ko‘ringan ulamolar ishtirokida o‘tgan bu anjumanda musulmonlar o‘rtasidagi ixtiloflarni ulamolar orqali yo‘qotish, qisqartirish, yangi ixtiloflarning kelib chiqishining oldini olish maqsadida hozirgi kunda e’tiborda bor, o‘zining nomini aytib chiqib turgan mazhablarning ulamolarini to‘plashdi. Bu anjumanni o‘tkazishga qaror qilishganda Hanafiy, Shofe’iy, Molikiy, Hanbaliy mazhablari, Shiy’a mazhabiga mansub Ja’fariy mazhabi va Zaydiy mazhabi, hamda Aboziy va Zohiriylar bor edi. Zohiriy deganda, mazkur mazhablarga mansub emaslar ko‘zda tutilgan edi. Ilmiy anjumanning fursati etib kelganda dunyoning ko‘zga ko‘ringan katta olimlari – bir yuz sakson kishi to‘plandi. Ularning ichida Zohiriy deb atalganlar anjumanni tashkil qilish jarayonida ishtirok etgan bo‘lsalar ham, anjumanga ularning bittasi ham kelmadi. Shunda ko‘zga ko‘ringan ulamolar bu haqda ochiq gapirishdi. Jumladan, Muhammad Sa’iyd Ramazon Butiy hazratlari quyidagilani aytdilar:«Nimaga kelishmaydi?! Ular mana shu erda o‘tirgan etti mazhabning odamlarining hammasini ayblashgan, har xil hukmlarni chiqarishgan, «Bular nohaq, biz haqmiz», degan gaplarni aytishgan. Haq bo‘lishsa, kelib, haqliklarini aytishmaydimi? Bizga isbotlab berishmaydimi, biz ham ularga qo‘shilmaymizmi? Yoki biz o‘zimizning gapimizni aytmaymizmi, noto‘g‘ri joyi bo‘lsa, ko‘rsatib berishmaydimi? Nimaga kelishmaydi?!».
3 May 2022, 05:58 | Savol-javoblar | 153 | Aqiyda