Norozilik bilan berilgan pulni masjidga berish

Assalomu alaykum! Men taksistman, menda shunday voqea bo‘ldi. Men yo‘ldan klient oldim va aytgan joyiga 300-400metir qolganda yo‘lda yana 1 ta odam turgan ekan o‘sha klientni xam olmoqchi edim moshinamdagi klient odam olmang dedi. Men aytdim manzilingizga oz qoldiku deb yo‘ldagi klientni olmoqchi edim moshinamdagi klient pulini berib norozi bo‘lganday tushib ketdi. Manzilgacha bormasdan, endi men boyagi klient bergan pulni ro‘zg‘orimga ishlatishga noqulay bo‘lib turibman. Nima qilsam bo‘ladi? Machit qutichasiga klient nomidan deb solsammikan degan xayoldaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Masjid harom yoki shubhali yoki tashlandiq pullar ishlatiladigan joy emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonalarida sel kelib Ka’ba buzildi. Shunda mushrik bo‘lgan qavm ham faqat faqat peshona teridan bo‘lgan pulni qo‘shinglar deb shart qo‘yishgan. Bu shart qiyomatgacha bo‘ladigan hamma masjidlarga tegishli. Harom va shubhali pullarda qurilgan masjidda ham namoz o‘qish makruh. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 02:14 | Savol-javoblar | 168 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar